Jamiyat taraqqiyoti qonunlari va u to'g'risida subyektiv qarashlar va konfrensiyalar

Jamiyat taraqqiyoti qonunlari va u to'g'risida subyektiv qarashlar va konfrensiyalar

O'quvchilarga / Huquq
Jamiyat taraqqiyoti qonunlari va u to'g'risida subyektiv qarashlar va konfrensiyalar - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat taraqqiyoti qonunlari va u to'g'risidagi subyektiv Qarashlar va konsepsiyalar Reja: Jamiyat taraqqiyoti qonunlari va u to'g'risidagi subyektiv Qarashlar va konsepsiyalar. Jamiyat qonunlari, ularning turli ijtimoiy tarixiy davrlarda namoyon bo'lishi. Jamiyat g'oyat murakkab va ko'p qirrali hodisa bo'lib, muttasil ravishda o'zgarish va rivojlanish xususiyatiga ega. Insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini o'zaro ta'minlash asosiga qurilgan bu ijtimoiy tizim obyektiv qonuniyatlar asosida rivojlanib boradi. Shu o'rinda, muayyan tizimlarni tartibga soluvchi va ularning taraqqiyot tendensiyalarini ifodalovchi qonun haqida to'xtalish joizdir. Qonun - muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo'nalishini belgilaydigan, malum qatiy natijani taqozo etadigan, obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlari-dir. Qonun muayyan bir natijani tug'dirib, voqealar rivojlanishining xususiyatlari va yo'nalishini belgilab berar ekan, bu narsa ilmiy va amaliy faoliyatda obyektiv qonunlar asosida harakat qiladigan zaruriy, umumiy va barqaror munosabatlarni ko'rsatibgina qolmay, balki kelajakda ular rivojining yo'nalishlarini ham hisobga olishni talab etadi. Qonunlar amal qilish sohasiga qarab tabiat va jamiyat (ijtimoiy) qonunlariga bo'linadi. Bu qonunlarning quyidagi farqlari mavjud bo'lib, ular: - tabiat qonunlari tabiatdagi stixiyali kuchlarning o'zaro ta'siri shaklida namoyon bo'lsa, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa ongga ega bo'lgan kishilarning faoliyati orqali namoyon bo'ladi; - uzoq amal qiluvchi tabiat qonunlaridan farq qiluvchi jamiyat qonunlari qisqaroq vaqt ichida amal qilish xususiyatiga ega; - tabiat qonunlaridan ko'ra jamiyat qonunlari yuqori tezlikda rivojlanadi; - tabiat qonunlari yer yuzida insonlar bo'lmagan vaqtlarda ham mavjud bo'lgan, jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog'liq ravishda yuzaga kelgan. Yuqoridagi farqlardan kelib chiqib jamiyat qonunlariga shunday ta'rif berishimiz mumkin: jamiyat qonunlari - jamiyatning muayyan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitida ijtimoiy jarayonlar rivojining xususiyati va yo'nalishini belgilaydigan, malum bir qatiy natijani taqozo etadigan, nisbiy barqaror munosabatlaridir. Jamiyat qonunlari ham tabiat qonunlari kabi obyektivdir. Bu qonunlar kishilarning irodasi va ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lib, malum sharoitda insonlar bu qonunlarni bilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin, lekin bu qonunlarni ular bekor qilmaydilar yoki yo'q qila olmaydilar. Bu qonunlarning amal qilish muddati va jarayonlar qamrovi muayyan ijtimoiy shart-sharoitlarni taqozo etadi. Uning o'zgarishi yoki faoliya-tini to'xtatib boshqa qonunlarga o'z o'rnini bo'shatib berishi inson xoxish-istaklari va irodasiga bog'liq bo'lmay, balki shu qonunlar faolligini ta'minlab turgan muayyan ijtimoiy shart-sharoitlarning o'zgarishi yoki yo'qolishi bilan bog'liqdir. Jamiyat qonunlari alohida ihotalangan ijtimoiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki dialektika qonunlari asosida o'zaro ta'sirda, uyg'unlikda amal qiladi. Jamiyat qonunlari ham dialektika qonunlariga ko'ra tadrijiy o'zgarib borish, o'z kuchini yo'qotish va yangisiga o'z o'rnini bo'shatib berish, intensiv rivojlanib borish, ekstensiv kengayib borish va yangilarini keltirib chiqarish, o'zaro aloqadorlikda faoliyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.71 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.71 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga