Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari Reja: 1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari. 2. Jamoat birlashmalari. 3. Oila. 4. Ommaviy axborot vositalari. 1. fuqarolik jamiyatining rivojlanishi shaxs manfaatlarining boshqa barcha manfaatlardan ustivor darajada rivojlanishi bilan bog'liq. Yani bu «shaxs - jamiyat - davlat» degan Konstitutsiyaviy prinsipning Amaliy ifodasidir. Bunday holat mazkur manfaatlarni qonunlar shaklida ifoda etadigan va himoya kiladigan huquqiy davlatsiz mavjud bula olmaydi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan sung mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan, insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari sohasida tub o'zgarishlar yasaldi. Mulkka egalik huquqi, ishsizlikdan himoyalanish huquqi, mehnatning oqilona shart-sharoitlariga ega bo'lish huquqi, madaniyat yutuklaridan foydalanish huquqi va boshqalar Konstitutsiyamizda ilk bor mustahkamlandi. Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari»ga bagishlangan XII bobining 53-moddasida bozor munosabatlariga asoslangan O'zbekiston iqtisodiyoti negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, iste'molchilar huquqlarining ustunligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi va kafolatlanishi to'g'risida Konstitutsiyaviy norma belgilangan. Avvalo O'zbekistonning davlat mustaqilligi, iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar kabul kilindi. Anna shu yo'nalish doirasida «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida»gi, «Yer osti boyliklari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi to'g'risida»gi, «mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi, «fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi va boshqa tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan qonunlar muhim ahamiyatga ega. Mazkur qonun hujjatlarining kabul qilinishi natijasida yer, yer osti boyliklari, tabiiy va mineral resurslar, yaratilgan ishlab chiqarish quvvatiO'zbekiston xalqining ajralmas mulki ekanligi tan olindi. O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Mulk turli shakllarda namoyon bo'ladi. Mulk shakllari deb mulk subyektining belgilari bo'yicha tavsiflanishiga aytiladi. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi hamda O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida O'zbekiston Respublikasida mulkning quyidagi shakllarda bo'lishi takidlangan: -fuqaroning shaxsiy va xususiy mulki; -jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulklari, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining, jamoat tashkilotlarining va diniy tashkilotlar, kontsern (konsortsium)larning mulki, turli xo'jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; -Respublika, Korakalpogiston Respublikasi, ma'muriy-hududiy tuzilmalar (kommunal) mulkidan iborat bo'lgan davlat mulki; -aralash mulk; -kushma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki; U turli mulk, obyektlarning mulk egasiga tegishliligini belgilaydi. Mulk ikki - ommaviy va xususiy ko'rinishlarga ega. Ommaviy mulk mulkiy oborotlar va munosabatlar ishtirokchilari bo'lgan davlat hamda munitsipial organlarning huquqiy holatini o'z ichiga oladi. fuqarolarning xususiy mulki individning mulkka egalik qilishining huquqiy shaklini tavsiflaydi. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsion tuzumning asosini quyidagi ikki asosiy qoida belgilaydi: -xususiy mulk tan olinadi; -barcha mulk shakllarining daxlsizligi bir xil himoya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc