Jamiyat va shaxsning o'zaro munosabati

Jamiyat va shaxsning o'zaro munosabati

O'quvchilarga / Huquq
Jamiyat va shaxsning o'zaro munosabati - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat va shaxsning o'zaro munosabati Reja: 1. Jamiyat iqtisodiy negizi. 2. Mulkdor bo'lish huquqi. 3. Fuqarolik jamiyat va uning konstitutsiyaviy asoslari. 4. Siyosiy partiyalarning huquqiy holatlari. 5. Jamoat birlashmalarining huquqiy holatlari. 6. Oila - davlat himoyasida. 7. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy holatlari. Jamiyat iqtisodiy negizi. Jamiyat va shaxs munosabatlari iqtisodiy, ma'naviy, siyosiy sohalarda o'z aksini topadi. Bunda jamiyatning iqtisodiy negizi, jamoat birlashmalari, oila, ommaviy axborot vositalarining o'rni katta. Iqtisodiy negiz deganda, davlat iqtisodiy hayotining turmush asosini qamrab olib, tuzum mavjud bo'lgan mulk shakllarining xarakterini, ijtimoiy yo'nalishga qaratilgan ishlab chiqarish maqsadini, ijtimoiy mahsulotning adolatli taqsimoti tamoyilini va xalq xo'jaligini boshqarish asoslarini belgilab beradigan mulkiy munosabatlar tushuniladi. Iqtisodiy hayotning negizini tashkil etuvchi mulk - ishlab chiqarish vositalarini va mehnatning barcha mahsulotlarini o'zlashtirish jihatidan kishilar o'rtasidagi munosabatlardir. Bu munosabatlar sinflar va ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarish negizida tutgan o'rnini, moddiy nematlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va istemol qilish usulini xarakterlaydi. Mulkiy munosabatlar ashyoviy (mulkiy) munosabatlar tarzida yuridik jihatdan boshqarilgan yoki rasmiylashtirilgan holatdan keyin ular mulk huquqi shaklini oladi, bu esa mulkdorga undan foydalanish va uni tasarruf qilish vakolatini beradi. Mulkdor bo'lish huquqi Mulkiy munosabatlar jamiyat bazasini tashkil qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning asosiy qismini tashkil etib, muayyan tipdagi ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri va sinfiy mohiyati haqida umumlashgan tasavvur beradi. Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Mulk huquqining egasi (subyekti) - mulkdor o'ziga taalluqli mulkidan o'z xohishiga ko'ra o'z ixtiyoricha foydalanadi, uni egallaydi va tasarruf etadi, mulkiy va mulkiy xarakterga ega bo'lmagan shaxsiy huquqlarga ega bo'ladi. Har bir mulkdor mazk ur mol-mulkni mulk qilib egallab olganidan keyin, uni o'z xohishicha tasarruf etishga sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, hadya etishga, ijaraga berishga undan garov sifatida foydalanishga va unga doir qonunlarga zid bo'lmagan bitimlarni tuzishga haqlidir. Mulkdan foydalanish - undan maqsadga muvofiq, mulkning tayinlanishiga qarab, qonun talablariga muvofiq o'z ustav (nizom)larida ko'rsatilganidek, jamiyat va davlat manfaatlariga hamda yuridik shasxlarning maqsadlariga xilof ravishda kelishuvlarga yo'l qo'ymaslik asosida amalga oshirilishi lozim. O'zbekiston Respublikasining mutloq mulki hisoblangan bu munosabatlar Respublikamizning Konstitutsiyasidan tashqari, mulkchilik, yer, suv, o'rmon, yer osti boyliklari to'g'risidagi, atmosfera havosini, tabiatni, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi qonunlari bilan tartibga solinadi. Fuqarolik jamiyati va uning konstitutsiyaviy asoslari. Odam, o'z tabiatiga ko'ra, eng avvalo, ijtimoiy xususiyatga ega. Uning hayotini jamiyatdan tashqarida, boshqa odamlar bilan har tomonlama munosabatlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu nuqtai nazardan, jamiyat juda qadim davrlardayoq paydo bo'lgan. Lekin fuqarolik jamiyati kishilik jamiyatining malum bir davriga, Yevropasivilizatsiyasi davriga mansub hodisadir. Fuqarolik jamiyati - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.14 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.14 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga