Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish muammolari

Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish muammolari

O'quvchilarga / Huquq
Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish muammolari Kirish I bob. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy madaniyatning ilmiy - nazariy asoslari. 1.1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida huquqiy madaniyatni ilmiy-nazariy asoslarini yoritilishi. 1.2 Yoshlar huquqiy madaniyati tushunchasi, uning mohiyati va o'ziga xos tomonlari. 1.3 Yoshlarda huquqiy, axloqiy, siyosiy madaniyatning uzviy aloqadorligi. 1.4 Yoshlarda tinchlik madaniyatini shakllantirish. II bob. Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish yo'llari va muammolari. 2.1 Yoshlarda huquqiy madaniyatni yanada oshirish va shakllantirishning o'ziga xos tomonlari. 2.2 Yoshlarda huquqiy madaniyatni yanada oshirishda huquqiy tarbiya berishning shakllari, tizimi va samaradorligi. 2.3 Yoshlarda huquqiy madaniyatni yanada oshirishda oila va jamoatchilikning roli. 2.4 Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish muammolari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o'zini amalda namoyon etish uchun maydonni kengaytirish kerak. I.A.Karimov K i r i sh Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tish, adolatla fuqarolik jamiyati qurish davrida milliy uyg'onish, milliy tiklanish, demokratik tamoyillarning qaror topishi fuqarolar ongida va madaniyatida tubdan o'zgarishlarni talab etadi. Yuksak huquqiy madaniyat jamiyat taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlatni vujudga keltirishning ilk va asosiy shartlaridan biri jamiyat a'zolarida zarur darajadagi huquqiy madaniyatni shakllantirishdir. Jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotining tub islohot etilishi huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermoqda, insonlarni haq-huquqlarini kafolotlamoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov huquqiy madaniyat mavzusiga to'xtalar ekan shunday deydilar: har bir kishi o'z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi lozim. Buning uchun avvalo mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirish lozim. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining qabul qilinishi ham bu masalani qay darajada dolzarb ekanligini ko'rsatadi. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini va huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab etmoqda. Milliy dasturda huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon bo'lishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ruhiy va yuridik muammolarini tadqiq qilish uni shakllantirish va yanada yuksaltirish usullarini aniqlashga ilmiy ishlanishlarni ustivor yo'nalishi deb qaralmog'i lozimligi takidlangan. Jamiyatda etilgan huquqiy madaniyatni shakllantirish muammolari shuni ko'rsatmoqdaki, yuridik soha olimlari bu muammolarni yechishga katta etibor berishlari lozim. Ayniqsa, yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga katta etibor berish kerak. Chunki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo'lgan, 64%ni 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarda axloqiy, siyosiy va huquqiy madaniyatga asoslangan tinchlik madaniyatini shakllantirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday madaniyatning negizida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.97 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.97 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga