Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari

Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari

O'quvchilarga / Huquq
Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari - rasmi

Material tavsifi

Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari Reja: 1. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga solinishidagi o'rni 2. Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning tuzilish tartibi 3. Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi 4. Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan va tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi paytda korxonalardagi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashning, zarur ishlab chiqarish sharoitlari yaratilishini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy vositalaridan biri jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvidir. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi xodimlarning ham, ish beruvchilarning ham faolliklarini oshirishga yordam beradi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-moddasida ta'kidlanganidek, jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi korxonalarda, muayyan kasb xodimlari, tarmoq, hudud xodimlarining mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy, kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi, mehnat shartlari va ijtimoiy kafolatlar belgilashga qaratilgan me'yoriy hujjat hisoblanadi. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Jamoa shartnomasi - korxona, uning filiali, vakolatxonasi xodimlari bilan ish beruvchi o'rtasida tuziladigan va sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiluvchi huquqiy aktdir. O'zbekistonda mehnat bozorining vujudga kelishi va mehnat sohasida yangi ijtimoiy aloqalarni paydo bo'lishi munosabati bilan jamoa shartnomasi mohiyati va mazmuni o'zgarib bormoqda. Hozirgi paytda jamoa shartnomalari xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi sotsial-sherikchilik munosabatlarining, bevosita mehnat munosabatlarining tartibga solishning asosiy shakllaridan biriga aylanmoqda. Bugungi kundagi jamoa shartnomasi konkret korxona va tashkilotlarda Mehnat Kodeksi vazifasini bajaruvchi lokal normativ hujjat tusini olib borayotir. Uning vositasida ayrim olingan bir korxona-tashkilotda uning mulkchilik shaklidan qat'i nazar mehnat sharoitlarining avtonom tizimiga erishish ta'minlanmoqda. Bozor munosabatlari sharoitida jamoa shartnomalarining huquqiy mohiyati bir xil bo'lmasdan, ikki tomonlama tamoyilga asoslanadi. Birinchidan, korxona mulkdori, tadbirkorning korxonani boshqarishdagi avtonomligi, ikkinchidan esa mehnat, sotsial-iqtisodiy va kasbiy masalalarning hal etilishida kasaba uyushmalari faol ishtirok etishi tamoyillari amal qiladi. Jamoa shartnomasi o'z maqsadlari tarqaladigan shaxslar doirasi, normativ-yuridik kuchiga ko'ra odatdagi fuqarolik-huquqiy shartnomalardan tubdan farq qiladi. Sotsial-sherikchilik munosabatlarini korxona, tashkilot darajasida tartibga soluvchi lokal normativ-huquqiy hujjat sifatida jamoa shartnomasi ikki tomon: yollanma xodimlar va ish beruvchilar manfaatini o'zida ifodalaydi. Shu sababli bunday hamkorlik shakli bipartizm nomini oldi. Sotsial sherikchilikning boshqa shakllari mintaqa, tarmoq darajasida - mintaqaviy jamoa kelishuvlari, umumdavlat miqyosida - bosh jamoa kelishuvlari ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Bundan sotsial hamkorlik ko'pchilik hollarda nafaqat ikki tomon (xodim va ish beruvchi) manfaatlarini balki unda uchinchi tomon sifatida qatnashuvchi davlat manfaatlarini ifodalaydi. Jamoa shartnomasi mehnat huquqining muhim institutlaridan biri sifatida qonunlar, qonun hujjatlari, tarmoq lokal normativ-huquqiy hujjatlarini keng kamrab oladi. Bular qatoriga O'zbekiston Respublikasi Mehnat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.78 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.78 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga