Jamoa shartnomasi va kelishuvi, ularning huquqiy holatlari

Jamoa shartnomasi va kelishuvi, ularning huquqiy holatlari

O'quvchilarga / Huquq
Jamoa shartnomasi va kelishuvi, ularning huquqiy holatlari - rasmi

Material tavsifi

Jamoa shartnomasi va kelishuvi, ularning huquqiy holatlari Reja: 1. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tushunchasi, tuzish tamoyillari va maqsadlari. 2. Jamoa shartnomasi, uning mazmuni, tuzilish tartiblari vakolatlari. 3. Jamoa kelishuvlari, ularning turlari, mazmuni, vakolatlari. Jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi, ularni tuzish tamoyillari, muzoqaralar, ish beruvchi manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar, kasaba uyushmasi, shartnoma mazmuni, tomonlarning majburiyatlari. mustaqillik yillarida chikarilgan mehnat qonunlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlariga katta urin berilgandir. Masalan 1995 yilgacha amalda bo'lgan mehnat qonunlari kodeksida bu masala atigi II ta moddada aks ettirilgan edi. Yangi mehnat kodeksida esa bu moddalar soni 28 taga kupaytirildi. Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy - iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. Jamoa kelishuvi - muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o'z ichiga oluvchi normativ hujjatdir. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlari muvofiklashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Jamoa shartnomalari va kelishuvlar tuzishning o'ziga xos quyidagi tamoyillari mavjuddir: 1.qonun hujjatlari normalariga amal qilish, 2. taraflar vakillarining vakolatliligi, 3. taraflarning teng huquqliligi, 4. jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muxokama erkinligi, 5. majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi, 6. olinayotgan majburiyatlarning xakikatda bajarilishini ta'minlash, 7. tekshirib borishning muntazamligi, 8. javobgarlikning mukarrarligi. Jamiyatda xar bir tashkilot, muassasa faoliyat kursatuvchi xodimning huquqi, dam olishi, sog'lomlashuvi, turmush sharoitining yuksalishi, faol mehnat qilishi ish beruvchi bilan ijtimoiy himoya etuvchi kasaba uyushma tashkiloti o'rtasida tuzilgan jamoa shartnomasiga bog'liq bo'ladi. Bu hujjat O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasining 200 yil aprel oyida bo'lib utgan Kuriltoyida muxokama etilib, kabul kilingandir. mehnat munosabatlari va mehnat bilan bog'liq ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda jamoa shartnomalarining ahamiyati g'oyat kattadir. mehnat huquqi kafolatlarining qonunchilikda belgilanadigan yuqori darajasini urnatish, mehnat munosabatlarini tartibga solib turish masalalari jamoa shartnomalari asosida xal etiladi. Jamoa shartnomasi ishchi xodimlarning xoxish va ish beruvchining imkoniyatlari o'rtasidagi muvozanatni belgilovchi hujjat bo'lishi bilan birga ish beruvchining va ishlovchilarning yuqori daromad olishlariga kumaklashuvchi hujjatdir. Xar kaysi kelishuvchi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va uzgartirish yuzasidan muzoqaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishga xaklidir. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi uzlarini vakil kilgan xodimlar nomidan muzoqaralar olib borish, jamoa shartnomasiga, kelishuviga uzlarini vakil kilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi ilovalar taklif etish va ularni imzolashga xakli. Jamoa shartnomasini tuzish, uzgartirish va tuldirish uchun ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari yoki boshqa vakillik organlari o'rtasida muzoqaralar olib boriladi. Zarur holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.3 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.3 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga