Jamoat birlashmalari (nosiyosiy jamoat birlashmalar) siyosiy tizimning elementi sifatida

Jamoat birlashmalari (nosiyosiy jamoat birlashmalar) siyosiy tizimning elementi sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Jamoat birlashmalari (nosiyosiy jamoat birlashmalar) siyosiy tizimning elementi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Jamoat birlashmalari (nosiyosiy jamoat birlashmalar) siyosiy tizimning elementi sifatida Reja: 1. Jamoat birlashmalarining turlari, vazifalari va mohiyati tushunchasi 2. Tadbirkorlik tashkilotlari 3. Kasaba uyushmalari, iste'molchilar uyushmasi va hoka'zolar 1. Jamoat birlashmalarining turlari, vazifalari va mohiyati tushunchasi Aholining turli manfaatlari nafaqat davlat organlari va siyosiy partiyalar orqali amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlar siyo-siy tizimlarida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy noti-jorat jamoat uyushmalari katta ahamiyat kasb etadi. Ular turli tu-man, bular, kasaba uyushmalari, fuqarolik tashabbuslari, tadbirkor-lar, iste'molchilar uyushmalari, ekologik va patsifistik tashkilot-lar va harakatlar, madaniy uyushmalar, ayollar harakatlari va tashqi-lotlar, yoshlar uyushmalari, milliy uyushmalar, xayriya jamg'armalari va b. Bunday tashkilotlar qancha ko'p bo'lsa, qancha fuqarolar ularda faol ishtirok etishi bilan demokratiya turg'unligi belgilanadi. S.M. Lipsetning aytishicha, fuqarolar bir vaqtning o'zida bir necha siyosiy ahamiyat kasb etgan uyushmalar a'zolari bo'lgan taqdirda demokratiya turg'unligi oshib boradi. Jamoatchilik uyushmalarining tashkil qilinishidagi, faoliyat turi va ularni birlashtirib turuvchi doiraning farq qilishiga qaramay, ularni bir guruhga birlashtirib turuvchi umumiy belgilar mavjud. Birinchidan, ular o'z oldiga daromad olishni maqsad qilib qo'ymaydi. Ushbu uyushmalarning notijorat belgisi ularga tijorat tashkilotlari ustidan tashkiliy-texnik ustuvorlikni berib turadi. Masalan, u yoki bu xo'jalik faoliyatiga davlat monopoliyasining o'rnatilishi ko'rsatib o'tilgan jamoatchilik uyushmalari uchun to'siq bo'la olmaydi, ularning litsenziya olishi talab qilinmaydi. Bu hol Konstitutsiyada ham ko'rsatib o'tilgan. Ikkinchidan, ushbu jamoatchilik uyushmalarining ko'pchiligi siyosiy hayotda faol ishtirok etib, davlat siyosatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ularning ko'pchiligining (kasaba uyushmalari, tadbirkor-lar uyushmalari, ayollar uyushmalari va h.k.) samaradorligi to'g'risida ularning a'zolari va jamiyat siyosiy qarorlarga ta'sir ko'rsatish-dagi roli qay darajada oqlanishidan kelib chiqqan holda fikr yuritadilar. Shunga qaramay, siyosiy faoliyat olib borish ularning yagona maqsadi bo'la olmaydi (siyosiy partiyalardan tashqari, albatta). Odatda, ushbu uyushmalar davlatga tashqaridan ta'sir ko'rsatib, siyo-siy partiyalar esa davlat hokimiyatini egallashni maqsad qilib qo'yishadi. Tarixda kuzatiladigan istisno hollar (masalan, Polsha-dagi Ittifoq kasaba uyushmasi) buni tasdiqlashi mumkin. Jiti-moiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy uyushmalarining bosh vazifa-si ularning a'zolarining ustav va dastur hujjatlarida elon qilingan manfaatlarni aniqlash va amalga oshirishdan iborat. Bunga konstitutsion me'yorlar guvoh bo'lishi mumkin. Masalan, Bolgariya Konstitutsiyasining 12-moddasi 1-qismida ko'rsatilganidek, Fuqaro-lar uyushmalari ularning manfaatlarini qondirish va himoya qilishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jamoatchilik uyushmalari uyushmalarga xos belgilarga egadirlar. Uyushmalarga xos bo'lgan belgilar turli mamlakatlarda turlicha bo'lsa ham umumiy bo'lgan belgilar mavjud. Demokratik davlatlar siyosiy hayotida jamoatchilik uyushmalari turli vazifalarni bajaradi, aholining ayrim qatlamlari va guruhlarining manfaatlarini aniqlaydilar, deputat va ma'muriyat organlarini ushbu manfaatlarni hisobga olish va davlat siyosatini olib borishga yo'naltiradi. Davlat va jamoatchilik hayotining turli jihatlari bo'yicha jamoatchilik fikrini shakllantiradilar, saylov-chilarni ushbu tashkilotni qiziqtiruvchi muammoni echuvchi deputat-lar yoki deputatlikka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga