Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish Reja: Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Jinoiy uyushma tashkil etish (JK 242-moddasi) Mazkur jinoyatning bevosita obyekti jamoat va fuqarolar xavfsizligini taminlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. JK 242-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy uyushma yoki uning bo'linmalarini tuzish yoki ularga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo'lishi va ishlab turishini ta'minlashga qaratilgan faoliyatda ifodalanadi. JK 242-moddasi 1-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat subyektiv tomondan to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish jinoiy uyushma tashkil etishning maqsadi hisoblanadi. JK 242-moddasi 1-qismida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan, aqli raso shaxs bo'ladi. JK 242-moddasi 2-qismidagi qilmishning obyektiv tomoni uyushgan qurolli jinoiy guruhni tuzish, shuningdek, bunday guruhga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etishda ifodalanadi. subyektiv tomondan JK 242-moddasi 2-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan, aqli raso uyushgan qurolli guruhni tuzgan, unga rahbarlik qilgan yoki uning azosi bo'lgan har qanday shaxs hisoblanadi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JK 243-moddasi) Mazkur jinoyatning bevosita obyekti Respublika iqtisodiy faoliyati sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, jamoat xavfsizligini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardir. obyektiv tomondan jinoyat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, yani mulk (pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo'lsa, uni o'tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo'li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko'chirish usulini, pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash kabi harakatlarda ifodalanadi. subyektiv tomondan jinoyat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish motivi va undan ko'zlangan maqsad jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir etmaydi. Jinoyatning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirishdir. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan, aqli raso va jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni oshkorlashtirishda ishtirok etgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Ommaviy tartibsizliklar (JK 244-moddasi) Mazkur qilmishning bevosita asosiy obyekti jamoat xavfsizligi, jamoat tartibini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Qo'shimcha bevosita obyekti esa, fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va o'zgalar mulkini muhofaza qiluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. obyektiv tomondan jinoyat qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo'rqitib shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatish, qirg'in solish, o't qo'yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.26 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.26 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: doc