Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 16-mavzu Ushbu jinoyatning obyekti mulkchilik shaklidan qat'i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ishlayotgan shaxslarning mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda nafaqat doimiy, shu bilan birga vaqtincha ishlayotgan shaxslar ham jabrlanuvchi bo'lishlari mumkin. Jinoyat obyektiv tomondan o'rtacha yoki og'ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo'lgan: texnika xavfsizligi; sanoat sanitariyasi; mehnatni muhofaza qiluvchi boshqa qoidalarning buzilishidan iboratdir. Subyektiv tomondan jinoyat aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shakllari orqali sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish motivi va undan ko'zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta'sir etmaydi. Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog'lig'idir. Obyektiv tomondan jinoyat odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan: sanitariyaga oid qonun hujjatlarini; epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishda ifodalanadi. Ushbu modda dispozitsiyasi blanketli bo'lib, har bir holda sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarining qaysi bandi buzilganligi alohida aniqlanishi lozim. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida sodir etiladi. Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish Jinoyatning obyekti yong'in xavfsizligi, ya'ni odamlarning, jamoat va davlat mulkining yong'indan muhofaza qilinganlik holati hisoblanadi. Obyektiv tomondan jinoyat yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha yoki og'ir shikast yetkazilishiga olib kelishida ifodalanadi. Savol va topshiriqlar 1. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi? 2. Ommaviy kasallanish deganda nimalar nazarda tutiladi? Fikringizni tasdiqlash uchun misollar keltiring. 3. Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining subyektiv tomonlarini tushuntiring. 4. Mehnatni muhofaza qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini, epidemiyaga qarshi kurash, yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari qanday hollarda qasddan sodir etilgan hisoblanadi? Mavzu: Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Mavzu: Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Darsning maqsadlari: 1.Talimiy maqsad: O'quvchilarga jamoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish sanitariyaga oid qonun hujjatlariga, yong'in xavfsizligi qoidalarini buzishga qarshi tushuncha berish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash huquqbuzarliklarni oldini olish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Oquvchilarni mustaqil fikrlashga orgatish, huquqiy ongi savodxonligini rivojlantirish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo'layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o'zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.2 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.2 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: pptx