Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari

Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari

O'quvchilarga / Huquq
Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari - rasmi

Material tavsifi

Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikni cheklash tariqasidagi ja'zolarni ijro etish Reja: Jarima jazosini ijro etish tartibi va asoslari Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining ijro etish asoslari va tartibi Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish asoslari va tartibi Qamoq tariqasidagi jazoning ijtimoiy-huquqiy mohiyati Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish asoslari va tartibi Jarima jazosini ijro etish tartibi. Jarima to'lash muddatlari. Jarimani to'lashdan bo'yin tovlash oqibatlari. Jinoiy ja'zolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jarima jazosining qo'llanilishidagi o'zgarishlar. Axloq tuzatish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi. Axloq tuzatish ishlari muddatini hisoblash. Mahkumlar ish haqidan davlat hisobiga chegirib qolish tartibi va shartlari. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan bo'yin tovlash oqibatlari. Qamoq jazosini ijro etish tartibi va shartlari. Qamoq jazosini ijro etish muassasasi. Mahkumlarning uchrashuvlari, telefon orqali so'zlashuvlari, posilka, yo'qlov, banderollar hamda pul jo'natmalarini olish hamda yuborish. Mahkumlarning yozishmalari, ularning moddiy, maishiy ta'minoti va tibbiy xizmat ko'rsatish. Mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar. Qamoq uylarida mahkumlarga nisbatan qo'llaniladigan rag'batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qo'llash. Ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi, ozodlikni cheklash muddatini hisoblash, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tash tartibi, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tash tartibiva shartlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari. Keyingi yillarda yurtboshimiz I. A. Karimovning bevosita rahbarligi va tashabbuslari bilan mamlakatimizdagi ko'plab sohalarda bo'lgani kabi qonunchilik tizimida xam ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy islohotlar oshirilmoqda. Jinoyatchilikning o'sishi esa nafaqat islohotlar yo'liga to'siq bo'lishi, balki davlatning rivojlanishiga ham tahdid tug'dirishi, shubhasiz. Bu kabi o'zgarishlar negizida hoh u jinoyatchi, hoh u mahkum bo'lsin, avvalo inson omili, uning huquq va manfaatlari yotadi. Zotan, inson islohotlar uchun emas, balki islohot insonlarga xizmat qilmog'i darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, jinoyat sodir etib, jazoni ijro etuvchi joylarda saqlanayotgan mahkumlarni jamiyatdan, boshqacha qilib aytganda yaqinlaridan, oilasidan ajratmagan holda saqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jazoning bunday turidan asosan ikkita maqsad ko'zlanadi: Birinchidan, garchi bu shakldagi ja'zolar mahkumni, to'g'rirog'i, uning sodir etgan qilmishini qoralasa-da, ammo tarbiyaviy xarakterga ega. Ikkinchidan, bunda mahkum o'zining sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishidan pushaymon bo'lib, tegishli xulosa chiqarib oladi. Ingliz qonunchiligi jazoning tushunchasi va uning maqsadlarini o'z ichiga olmasa ham, jinoyat huquqi nazariyasida bu masalalar mashhur ingliz faylasuflari va huquqshunoslari tadqiqotlarining predmeti bo'lib kelgan. Jazo nimaligi va uning maqsadlarini aniqlashda birinchi qatorda falsafiy xususiyatga ega bo'lgan masalalar ko'zga ko'rinadi. Mashhur britaniyalik faylasuf X.Xartning fikricha, «Jazo ijtimoiy nazoratning usuli bo'lib, u huquq tomonidan majburan o'rnatilgan chegaralarda turli sohalarda yakka erkinlikning maksimal darajasini belgilaydi. Birok jinoiy jazoning kuchga kirishi o'zini tutishning belgilangan standartlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 98.01 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 98.01 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga