Jazo tizimi tushunchasi va turlari

Jazo tizimi tushunchasi va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Jazo tizimi tushunchasi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Jazo tizimi tushunchasi Jarima jazosi. Axloq tuzatish ishlari. Xizmat bo'yicha cheklash. Intizomiy qismga jo'natish Ozodlikdan mahrum qilish O'lim jazosi. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish Jazo tizimi tushunchasi Jazo jinoyat huquqining muhim institutlaridan biri bo'lishi bilan bir qatorda, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning asosiy shakllaridan hisoblanadi. Qilmishning jazoga sazovorligi jinoyat qonunini ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etish vositasiga aylantiradi, huquqiy normalarni inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish mexanizmiga aylantiradi. Sudning qonunni qo'llovchi vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan aniq jazo turining sud hukmida belgilanishida namoyon bo'ladi. Sud maksimal darajadagi individuallashtirilgan jazo tayinlash uchun jinoyatning xususiyati va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligini e'tiborga oladi. Jinoyat kodeksi 43-moddasida jazo tizimi berilgan bo'lib, unda jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jazo turlari ko'rsatilgan. Jinoyat kodeksi 43-moddasida belgilangan jazo tizimi sodir etilgan jinoyatning og'irligi yoki uncha xavfli emasligi nuqtai nazaridan jinoyat huquqi nazariyasiga muvofiq bo'lishi to'g'risidagi fikrlarga mos keladi. Avvalgi Jinoyat kodeksidan farqli ravishda yangi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimi o'zining og'irligi nuqtai nazaridan yuqoridan pastga qarab emas, balki, pastdan yuqoriga qarab belgilangan. Jazo tizimining bunday tartibda belgilanishi o'zida «insonparvarlik» prinsipini to'la aks ettiradi. Sud aybdorga nisbatan faqat jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo turinigina qo'llashi mumkin. Bu qonuniylik va davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatini, jazolash funksiyasini amalga oshirilishini ta'minlaydi. Jazo tizimi yengilidan og'iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari yig'indisidir. Yangi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimida avvalgi jinoyat qonunidagi bir qancha ja'zolar: badarg'a, surgun, vazifasidan bo'shatish, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash, jamoat izzasi kabi ja'zolar o'rin olmagan. Buning sababi yuqoridagi ja'zolarining amalda ijobiy natija bermaganligidadir. Jinoyat huquqida jazo tizimi umumiy prinsiplar asosida tizimlashtirilgan. Unda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, odillilik va insonparvarlik prinsiplari mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida ko'rsatilgan jazo tizimining quyidagi elimentlarini ko'rsatib o'tish mumkin: 1) davlat nomidan qo'llanilishi orqali sudlanuvchini tarbiyalashga, jinoiy faoliyatining oldindani olishga, shuningdek, umumiy maxsus prevensiyaga erishish mumkin bo'lgan jazo tizimini tashkil qiluvchi elementlar sifatida faqat alohida davlat majburlov choralari ko'rsatiladi; 2) jazo tizimi elementlari o'zaro bog'liq va biri-birini to'ldiradi. Jazo tizimining bu belgisi jazo samaradorligiga erishish uchun har tomonlama yondashishni bildiradi, ya'ni belgilangan maqsadga erishish biron bir jazo chorasini qo'llashga emas, balki sudlanuvchiga kompleks ta'sir choralarining qo'llanilishi bilan bog'liqdir. Bu belgi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi normalarida alternativ jazo choralarining belgilanishi yoki qo'shimcha jazo chorasini qo'llanishida namoyon bo'ladi; 3) jinoyat qonunida belgilangan davlat majburlov choralari qat'i bo'lib, uning kengaytirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Jinoyat kodeksida ko'rsatilmagan jazo choralarining aybdorga qo'llanishi mumkin emas. Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga kiritilmagan jazo chorasi Jinoyat kodeksi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.9 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.9 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga