Jazo tushunchasi belgilar va maqsadi

Jazo tushunchasi belgilar va maqsadi

O'quvchilarga / Huquq
Jazo tushunchasi belgilar va maqsadi - rasmi

Material tavsifi

Jazo tushunchasi belgilar va maqsadi Reja: Jinoiy jazo tushunchasi va belgilari. Jinoiy jazoning maqsadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jazo turlari. Javobgarlikni engillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazo to'g'risida olimlar, amaliyot xodimlari o'rtasida doimo tortishuvlar bo'lib kelgan, turli fikrlar bildirilgan, ko'plab tadqiqotlar olib borilgan va ko'plab kitoblar yozilgan. Jinoiy jazo haqida turli fikrlar bildirilgan bo'lishiga qaramay bu masalada ikkita muammo markaziy masala hisoblanadi: nima uchun jazolash kerak? qanday jazolash kerak? Jazoning miqdori nimaga bog'liq bo'lishi kerak? Aytish kerakki, javobgarlikning yagona asosi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo'lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi. (O'zR JK 16moddasining 2-qismi). Shunga ko'ra, jinoyat qonunchiligining rivojlanishi malum darajada jinoyatlar tarkibining va sanksiyalardagi o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Jinoyat tarkiblari va sanksiyalardagi o'zgarishlar esa jamiyatdagi jarayonlar va o'zgarishlar bilan bog'liqdir. O'zbekiston o'z mustaqilligiga ega bo'lganidan keyin bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tish, huquqiy demokratik davlat barpo qilish, kuchli davlatdan kuchli fuqaroviy jamiyatga o'tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturini qabul qildi. O'zbekiston mustaqilligiinig dastlabki o'n yilligida jinoyat-chilikka qarshi kurash masalasi keskin qo'yilganligi sababli sudlarda og'irroq jazo choralarini qo'llashga moyillik kuchli bo'ldi. O'zbekiston islohotlarni amalga oshirish yo'lida jiddiy muvaffaqqiyatlarga erishganligi munosabati bilan 200 yil iyun oyida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalaridagi islohotlar jarayonini erkinlashtirish va chuqurlashtirish Dasturi qabul qilingan edi. Ana shu Dasturga muvofiq 2001 yil 29 avgustda ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasida sud-huquq tizimini liberallashtirish masalasi muhokama qilindi va tegishli qonun qabul qilindi. Jinoiy ja'zolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, kodekslari hamda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqidagi Qonunga binoan Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi bir qancha jinoyatlarning tarkibi va sanksiyasi o'zgartirildi. Ana shu o'zgatirish va qo'shimchalar kiritilganidan keyin O'zR JKning 12,2 foiz moddalarida o'ta og'ir jinoyatlar qoldi. Og'ir jinoyatlar esa 15,5 foiz moddalaridagina qoldi.Qolgan barcha jinoyatlar ijtimoiy xavfli katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni tashkil qiladi. Bir qator o'ta og'ir jinoyatlarning sanksiyalari o'zgartirilib, o'ta og'ir jinoyatlar turkumidan og'ir jinoyatlar turkumiga, og'ir jinoyatlar turkumidan uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar turkumiga, uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar turkumidan ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar turkumiga o'tkazildi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutlari yanada kengaytirilib, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (661-modda) instituti joriy qilindi. Bundan tashqari, bir qancha moddalarga etkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilishni qo'llamaslik to'g'risidagi normalar kiritildi. O'lim jazosi faqat ikkita (yani 97moddaning 2-qismi, 155-moddaning 3-qismi) moddalaridagina qoldi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan bu o'zgartirishlar va qo'shimchalar natijasida jinoiy ja'zolar tayinlashga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.35 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.35 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga