Reja: Jazo tushunchasi Jazoning maqsadi Jazo tushunchasi Jazo choralari jinoyatchilikka qarshi kurashda, jamiyatni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida javobgarlik belgilangan, sodir etilgan jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisidir. Jinoyat va jazo tushunchalarining o'zaro bog'liqliligi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo'llaniladigan qonuniylik va ayb uchun javobgarlik prinsiplarida ifodalanadi. Jazo - sud hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan va sudlanuvchini ozodlikdan mahrum qiluvchi yoki uning huquq va erkinliklarini cheklovchi majburlov chorasidir. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoga: Jinoyat qonunini qo'llashda: jinoiy javobgarlik nimaga asoslanadi va nima uchun jazo tayinlanadi hamda belgilanadigan jazo chorasining miqdori nimaga bog'liq va aybdor qanday jazolanishi kerak, degan savollarga javob topish muhimdir. Jinoyat huquqi funksiyasini amalga oshirishda jinoiy jazoning ahamiyati katta ekanligini qayd etish lozim. Ba'zi funksiyalar faqat jinoyat huquqiga xos bo'lib, ularga: qo'riqlovchi va ijtimoiy-majburlov funksiyalari kiradi. Jinoyat huquqi va jinoiy jazo yuqoridagi funksiyalar orqali o'zaro bog'liq. Jinoiy jazo ijtimoiy-majburlov, ya'ni - jinoyatni umumiy va maxsus ogohlantirish funksiyasini amalga oshiradi Jinoyat huquqida jinoiy javobgarlikdan farqli ravishda jinoiy jazo masalasi aniqroq ochib berilgan. Bu masala jinoyat huquqiga oid darsliklarda va jinoyat huquqi kurslarida to'liq yoritilgan. A.I.Chuchayevning fikricha jinoiy jazo - bu jinoyat qonunida belgilangan va shaxsni ozodlikdan mahrum qiluvchi, uning huquq va erkinliklarini cheklovchi davlat majburlov chorasi; jazo jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo'llaniladi, sud hukmi asosida davlat nomidan tayinlanadi. Davlat nomidan qo'llaniladigan majburlov chorasi turlicha bo'lib, jinoiy jazo bu majburlovning alohida shakli hisoblanadi. Bu haqda qator tarixiy ma'lumotlar mavjud. Italiyalik olim Ch. Bekkaria (1738-1794) Jinoyat va ja'zolar haqida deb nomlangan asarida(1764 yil):Faqat qonunda sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazo belgilanishi mumkin va bunday qonunni qabul qilish vakolati qonun chiqaruvchiga beriladi. Hech qanday sudya haqiqatni buzmasdan, jinoyatning boshqa ishtirokchilariga jazo tayinlay olmaydi. Qonunda belgilanmagan jazo, ya'ni qonunda belgilangan doiradan chetga chiqqan jazo adolatsiz hisoblanadi,-degan edi. O'zR 1994-yilgi Jinoyat kodeksida qonuniylik prinsipidan kelib chiqib, qilmishning jinoiyligi, uning jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat qonunida belgilanishi mumkinligi mustahkamlangan. Jinoiy jazo davlatning majburlov chorasi bo'lib, u boshqa majburlov choralaridan quyidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi: 1) Jinoiy jazo jinoyat qonunida qat'i belgilangan bo'ladi. Jinoyat kodeksida sudlar uchun qat'i bo'lgan jazo choralari belgilangan bo'lib, sudlar jazo tayinlashda Maxsus qism normasi sanksiyasida ko'rsatilgan doirada jazo tayinlaydilar. Sud jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga qonunda belgilangan jazonigina tayinlaydi, boshqa ja'zolarni davlat nomidan qo'llanishi yoki jinoyat qonuni sanksiyalaridan chetga chiqilishiga yo'l qo'yilmaydi. Davlat majburlovining alohida shakli bo'lgan jazo ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.26 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.26 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: doc