Reja: Jazodan ozod qilish tushunchasi Jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo'qotganlgi munosabati bilan jazodan ozod qilish Aybdorning o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganligi tufayli jazodan ozod qilish Amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish Jazodan ozod qilish tushunchasi Jinoiy jazodan ozod qilish jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilgan va vositalar bilan jazo maqsadlariga erishish imkoniyati mavjud bo'lsada, jazoni o'tashni davom ettirishdan davlatning voz kechishidir. Yoki boshqacha aytganda jazodan ozod qilish deganda, aybdorni aynan sud hukmi bilan tayinlanadigan jazodan ozod qilish tushuniladi. Jazodan ozod qilish jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qoidasining tarkibiy qismi bo'lib, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning bir shakli sifatida jazodan ozod qilishni taqazo etadi. Jinoiy jazodan ozod qilishni uchga bo'lish mumkin: 1) jinoiy jazodan to'liq ozod qilish 2) jinoiy jazodan qisman ozod qilish 3) jinoiy jazodan to'liq yoki qisman ozod qilish Jinoiy jazodan to'liq ozod qilishda sud ayblov hukmida jazo turini belgilaydi va belgilangan jazoni ijro etmaslikka qaror qiladi. Bu turga jazoni ijro etish mudatining o'tib ketganligi (69-modda), shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi (70-modda), aybdorning chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi (71-modda), shartli jazo belgilash (72-modda) kabi jazodan ozod qilish turlari kiradi. Jinoiy jazodan ozod qilishning ikkinchi turida esa, mahkum sud belgilagan jazoning bir qismini o'taydi yoki belgilangan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. Bunga: muddatidan ilgari shartli ozod qilish (73-modda), jazoni yengilrog'i bilan almashtirish (74-modda) kiradi. Kasallik yoxud mehnat qobiliyatining yo'qotishi (73-modda), amnistiya va avf etish asosida jazodan ozod qilishda mahkum jazodan to'la yoki qisman ham ozod qilinishi yoxud jazo chorasi yengilrog'i bilan almashtirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu asoslarni jazodan ozod qilishning ikkali turga ham kiritish mumkin. Bundan tashqari jinoiy jazdan ozod qilish shartsiz yoki shartli, JK Maxsus qismi moddasida ko'rsatilgan asosga ko'ra ham bo'lishi mumkin Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko'ra (jazoni o'tash muddatidan ilgari jazodan ozod qilish) jazodan ozod qilishdan tashqari boshqa asoslarga ko'ra jazodan ozod qilish turlari jazodan shartsiz ozod qilish hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi: birinchidan, qo'llanish asosiga ko'ra. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish umumiy qoida bo'yicha faqat ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llanilsa, jinoiy jazodan ozod qilishda jinoyatning tasnifi (og'irlilik darajasi)ga qat'iy bog'liq emas. ikkinchidan, subyektiga ko'ra, - jinoyat protsessi ishtirokchisi tomonidan jinoiy javobganlikdan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.8 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.8 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: doc