Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Reja: Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati Jazoni ijro etish muassasalarida rejim tushunchasi va ahamiyati. Rejimning asosiy talablari. Milliy qonunchilikni erkinlashtirish davrida jazoni ijro etish rejimini yengillashtirish. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar kiyimi. Mahkumlarni batamom ajratib qo'yish va qo'riqlash. Mahkumlarni nazorat qilish va tekshirishning texnikaviy vositalaridan foydalanish, tintuv va ko'zdan kechirish. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish ko'ylagini va maxsus vositalarni ishlatish tartibi va shartlari. O'q-otar qurollarni qo'llash, foydalanish asoslari tartibi va shartlari. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish tartibi va shartlari. Mahkumlarning oziq ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi. Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish tartibi va shartlari. Mahkumlarning telefon orqali so'zlashuvi va yozishmalari. Mahkumlarning posilkalar, yo'qlovlar, banderollar va pul jo'natmalari olishi va yuborishi. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishlari tartibi. Mahkumlarning kinofilmlar va teleko'rsatuvlar ko'rishi, radio eshitish tartibi. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi. Mahkumlarning belgilangan muddatda joyiga qaytishdan bo'yin tovlaganlik oqibatlari. Respublikamiz o'z mustaqilligini qo'lga qiritgach, jamiyat hayotining barcha sohasi tubdan isloh etilib, demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ilk sa'yi harakatlar boshlandi. Shu asnoda sud-huquq sohasida olib borilgan islohotlar, liberallashtirish siyosati ayniqsa e'tiborga molik bo'lgan ijobiy holat sifatida baholanmoqda. Sud-huquq sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bu boradagi qonunchilikni liberallashtirish o'z navbatida jinoyat ijroiya qonunchiligiga qator o'zgartirishlar kiritilishiga sabab bo'ldi. Mustaqillik davrida qonun hujjatini demokratiya talablariga moslash yo'lida erishilgan yutuqlar talaygina. Bu borada Respublikamizda erishilgan yutuqlar haqida Prezidentimiz I. A. Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi 2005 yil 28 yanvardagi ma'ruzalarida ham alohida to'xtalib o'tganlar. Xususan, ushbu ma'ruzada Prezidentimiz jinoyat ijroiya sohasiga taalluqli quyidagi fikrlarni bildirganlar. Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar jazoni o'tash sharoitlarini ancha yaxshilash, mahkumlarga muddatdan ilgari ozod bo'lish huquqini beradigan moddalarni ko'paytirish, jazoni o'tash joylarida yashash tartibi va sharoitini sezilarli darajada yengillashtirish imkonini yaratadi. Natijada jazoni manzil koloniyalarda o'tayotgan shaxslarning ulushi qamoqda saqlanayotganlar soniga nisbatan ancha ko'paydi. YA'ni 1990 yilda manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan shaxslar mahbuslarning umumiy soniga nisbatan 7 foiz bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda bu raqam 21 foizni tashkil etmoqdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda har 100 ming aholiga nisbatan qamoqdagilar soni 158 kishini tashkil etadi. Ayni paytda ushbu ko'rsatkich, masalan, AQSHda-715, Rossiyada-584, Ukrainada-416, Qozog'istonda-386, Qirg'izistonda-390, Estoniyada-339 kishidan iborat. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko'zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ichki tartib qoidalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.61 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.61 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: docx