Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi

Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi

O'quvchilarga / Huquq
Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi Reja: Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning sabab va sharoitlari Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishdagi profilaktik chora-tadbirlar Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlar jinoyatchilikning o'ziga xos ichki bog'lanishlariga, ijtimoiy-ruhiy voqeliklar jinoiy jazoni ijro etish bilan bog'liq murakkab xususiyatga egadir. Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar nafaqat jabrlanuvchilarga, balki muassasaning ish faoliyatiga salbiy ta'sir etadi hamda ko'pchilik mahbuslarning manfaati va xavfsizligiga raxna soladi, eng xavflisi, jazoni ijro etish joylarida jaholat va zo'ravonlikni yuzaga keltiradi. Tadqiqotlardan ma'lum bo'ldiki, penitensiar muassasalardagi jinoyatchilik o'ziga xos ravishda «ildiz otadi» va shakllanadi. Bunday jinoyatchilik jinoyatchilar olamidagi barcha salbiy xislatlarni inobatga olgan holda va jinoyatchilikka xos subyektiv qusurlar, norasmiy qoidalarning amal qilishi («turma qonunlari») hamda uning oqibatida muassasa ma'muriyatiga dush- manlik ruhining kelib chiqishi bilan ajralib turadi. «Turma qonun»larini buzuvchilarga nisbatan qat'iy va shafqatsiz jazo tizimi qo'llanilganini esa alohida ta'kidlash joizdir. G'ayrinsoniy holda amalga oshiriladigan zo'rlash marosimi esa mahbusga nisbatan qo'llanilgan eng ta'sirchan, shafqatsiz chora sifatida bo'lgan va uni barcha munosa- batlarda tengligini qat'iy cheklashga olib kelgan. Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlarning aksa- riyatini inson ustidan zo'ravonlik qilish tashkil etadi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga asosan, jazoni o'tash jarayonida jinoyat sodir etilgani uchun amaldagi jinoyat qonunchiligidagi talablar asosida javobgarlik belgilanadi va hech qanday yengillik yaratilmaydi. Jazoni ijro etish muassasalarining o'ziga xos sharoiti, ijtimoiy va ijtimoiy- ruhiy holatning tabiati, ba'zi mahbuslarning o'ziga xos kriminogen xususiyat- larga egaligi ayrim jazoni o'tayotganlarning qasddan jinoyat sodir etishiga imkon yaratadi. Sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatlarning ro'y bermasligini oldindan bashorat etish uchun jazoni o'tashning qaysi davrida jinoyat sodir etilishini oldindan bilish alohida ahamiyatga egaligini anglash lozim. Shu bilan bog'liq holda o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, o'rta- cha uch yildan ko'p bo'lgan muddatlarda jazoni o'tayotganlar o'rtasida qasddan va og'ir jinoyatlar sodir etilishi aniqlandi. Bu holat esa muassa- salarda mavjud jazoni o'tash tizimi turlariga mutlaqo bog'liq emasligini ko'rsatadi. To'g'ri, jazoni o'tashning dastlabki davri mahbuslar uchun og'ir ke- chadi, chunki bu davrda ularning muayyan vaziyatlar bilan bog'liq tarzda yuzaga keladigan quyidagi zo'riqishlari mavjud bo'ladi. Ya'ni: oiladan va yaqin qarindoshlaridan uzoqlashish, ozodlikdan mahrum bo'lish va jamiyat- dan uzoqlashish, o'rnatilgan ichki tartib ta'siri, qilgan ishlaridan tushkunlikka tushish, shuningdek sudning hukmini adolatsiz deb bilish, kelgusi hayotlarining izdan chiqqanligi kabilar. Shuning uchun ham mahkumlar ushbu davrda muassasa xodimlarining diqqat markazida bo'lishi zarur hamda ko'nikma hosil etishiga yordam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.98 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.98 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga