Jazoni ijro etish muassasalaridagi rejim Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko'zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni ta'minlaydi: Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Muassasa ma'muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qo'llanilayotganligidan xabardor etishi shart. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga o'z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshlig'ining qaroriga binoan olib qo'yiladi hamda mahkum ozod bo'lgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yo'q qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga o'tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi. Tintuv va ko'zdan kechirish tartibi Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni to'xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog'ida, agar boshqa usullar bilan muassasa ma'muriyatining qonuniy talablarini ta'minlashning iloji bo'lmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. Mahkumlarga nisbatan maxsus vositalarni ishlatish tartibi Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to'xtatishning iloji bo'lmasa, eng so'nggi chora sifatida o'qotar qurol qo'llashga yo'l qo'yiladi. O'qotar qurol quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o'z shaxsiy hisobvarag'idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o'tkazish yo'li bilan sotib olishlari mumkin. Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 1 oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog'lig'iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo'lib hujum qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o'tkazilayotgan g'ayriqonuniy yig'ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo'yishlarni bartaraf etish chog'ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo'llanilishi taqiqlanadi. Quyidagilar taqiqlanadi: Odamning boshiga, bo'yniga, o'mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a'zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish; havo harorati Tselsiy bo'yicha nol darajadan past bo'lganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qo'llash. Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining og'zaki yoki yozma qarori asosida qo'llaniladi, bu haqda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi. Ichki ishlar organlari ta'minotida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
778.42 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
778.42 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: pptx