Jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablari Reja: Jazoni ijro etuvchi muassasalarning normal ish faoliyatiga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. O'zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish tartibiga tajovuz etuvchi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Hujjatlardan foydalanish tartib qoidalarini buzishni kvalifikatsiya qilish masalalari. Odil sudlovga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablariga bo'ysunmaslik (O'zR JK 221-moddasi) Mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni o'tash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining kartseri yoki turmaga o'tkazilganidan keyin, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasida jazoni o'tayotgan shaxs tomonidan ma'muriyatning qonuniy talablariga bo'ysunmaslik jinoyatning obyektiv tomoni hisoblanadi. subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish motivlari uni kvalifikatsiya qilishda hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi. JK 221-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti bo'lib, bir yil mobaynida jazoni o'tash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining kartseriga o'tkazish tariqasidagi jazo qo'llanilgan yoki turmaga o'tkazilgan ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o'tayotgan shaxs, JK 221-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti esa o'ta xavfli retsidivist yoxud og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs hisoblanadi. JK 221-moddasining 2-qismida: a) o'ta xavfli retsidivist; b) og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Qamoqdan yoki qo'riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish (JKning 22-moddasi) Jinoyatning asosiy bevosita obyekti dastlabki tergov olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining bir me'yordagi faoliyati hisoblandi. Qo'shimcha bevosita obyekti esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki mahkumlarni qo'riqlovchi shaxslarning sog'lig'i hisoblanadi. obyektiv tomondan jinoyat dastlabki tergov olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalaridagi qamoq yoki qo'riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishda ifodalanadi. subyektiv tomondan jinoyat qasddan, to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. O'n to'rt yoshga to'lgan, qamoq tariqasidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan shaxs yoki ozodlikdan mahrum qilish, qamoq yoki intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tayotgan shaxslar jinoyat subyekti bo'lishi mumkin. Tahlil etilayotgan moddaning 2-qismida: a) badanga yengil yoki o'rtacha og'ir tan jarohati yetkazish yo'li bilan; b) o'ta xavfli retsevist tomnidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan qochish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. O'zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish tartibiga tajovuz etuvchi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O'zbekiston Respublikasiga kirish (O'zR JK 223-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti chet elga chiqish va O'zbekiston Respubli-kasiga kirishning qonunda belgilangan tartibi bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan qonunda belgilangan tartibni buzib, chet elga chiqish yoki O'zbekiston ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.4 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.4 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: doc