Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish tushunchasi va uni bartaraf etish

Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish tushunchasi va uni bartaraf etish

O'quvchilarga / Huquq
Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish tushunchasi va uni bartaraf etish - rasmi

Material tavsifi

Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish tushunchasi va uni bartaraf etish Reja: Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish Professional faoliyatni tashkil etish sohasida: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida: Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish tushunchasi va uni bartaraf etish yo'llari Kasbiy buzilish - qonun va boshqa huquqiy normalarga rioya qilmaslik natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarning qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazishida ifodalanadi. Xodimlar faoliyatida kasbiy buzilish birinchidan yosh xodimning tajribasizligi, qonun va buyruqlarni yaxshi bilmasligi, qiyin sharoitlarda o'zini yo'qotib qo'yishi tufayli vujudga kelsa, ikkinchidan ko'p yillik tajribaga ega xodimlarning hamma narsani anglab, tushungan holda, boylik orttirish maqsadida, ongli ravishda yuzaga keladi. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilish deb ularning qonun hujjatlari, nizom va buyruqlarda belgilab qo'yilgan axloqiy normalar, professional burch va vazifalarni bajarishda o'zlarining shaxsiy manfaatlarini jamiyat, davlat, xalq manfaatlaridan ustun qo'yib suiistemol qilishlari pora olish, kalondimog'lik, tamagirlik, qo'pollik qilish, jinoyatni hisobdan yashirish kabi qonunga xilof xatti-harakatlarining majmuiga aytiladi. Jazoni ijro etish muassasasi xodimi turli toifadagi mahkumlar bilan munosabatda bo'lar ekan, bir tomondan, davlat hokimiyatining vakili sifatida ularga o'z ta'sirini o'tkazsa, ikkinchi tomondan esa, uning o'zi ham o'shalarning ta'siri ostida bo'ladi. Xuddi shu joyda kasbiy buzilish kelib chiqishi mumkin. Chunki xodim davlat hokimiyatining vakili sifatida mahkumlarga nisbatan o'ziga berilgan vakolatlar chegarasidan chiqib ketib, lavozimini suiistemol qilishi; boshqa tomondan esa, o'zgalarning ta'siri ostida bo'lgan xodim ularning bergan vadalari, poralari va boshqa xizmatlariga ishonib, o'z xizmat burchiga xiyonat qilishi mumkin. Ikkala hol ham kasbiy buzilishga olib keladi. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining xulq-atvori o'zgarishiga atrofini o'rab turgan jinoyatchilar dunyosining ta'siri ham uning kasbiy jihatdan buzilishiga olib kelishi mumkin. Undagi bunday buzilish ochiq yoki yopiq shakllarda namoyon bo'ladi. Mahkumlarni axloqan to'g'ri yo'lga solishda qo'llaniladigan usul va vositalaridagi xatolar, ayniqsa, qonundan chetga chiqib ketgan holda ularning shaxsiyatiga tegishlari, zo'rlik ishlatishlari yoki urishi ham kasbiy buzilishning ko'rinishlari hisoblanadi. Jazoni ijro etish muassasasidagi jamoalardagi ijtimoiy muhitning yaxshi emasligi, ular o'rtasidagi shaxslararo munosabatlar xushomadgo'ylik, mansabparastlik, shaxsiyatparastlik asosida qurilgan ekan, u albatta kasbiy buzilishni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, xodimlarning shaxsiyatlarida kasbiy buzilishlar quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi: toshbag'irlik, mahkumlarga yuzaki munosabatda bo'lish, g'amxo'rlik va rahm-shafqatning yo'qligi; subutsizlik; g'irromlik, tamagirlik, vijdonsizlik, shaxsga befarqlik, kasbiga sovuqqonlik bilan qarash; boylik orttirish maqsadida o'ziga berilgan vakolatlardan mutlaqo noto'g'ri foydalanish, uni suiistemol qilish; kasbiy bilimlarining past darajada ekanligi; mahkumlarga doimo shubha bilan qarash, o'ch olish payida bo'lish, zahrini sochish va h.k. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy buzilishning obyektiv sabablari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.73 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.73 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga