Jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining shaxsi va faoliyatiga psixologik tavsif Reja: Jazoni ijro etish muassasasi xodimi shaxsining psixologik tuzilishi Sezgi va uning jazoni ijro etish xizmati xodimlarining faoliyatida tutgan o'rni Idrok va uning jazoni ijro etish xizmati xodimlari faoliyatida tutgan o'rni Diqqat va uning jazoni ijro etish xizmati xodimlari faoliyatida tutgan o'rni Xotira va uning jazoni ijro etish xizmati xodimlari faoliyatida tutgan o'rni Jazoni ijro etish muassasasi xodimi shaxsining psixologik tuzilishi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov 2007 yil 25 oktyabrda ichki ishlar organlari xodimlariga yo'llagan bayram tabrigida: «Biz murakkab zamonda yashamoqdamiz. Bugungi kunda mamlakatimiz hayotiga uyushgan va transmilliy jinoyatchilik, narkobiznes bilan bog'liq xavf-xatarlar tahdid solmoqda. Bunday balo-qa'zolarga qarshi samarali kurashish, ularga munosib zarba berish ichki ishlar organlariga tegishli barcha xizmatlardan aniq va hamjihatlikda harakat qilishni, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning har bir xodimidan o'z xizmat burchini, mas'uliyatini chuqur his etgan holda, halol ado etishni talab qiladi» degan edi hamda bu maqsadlarga erishish uchun, avvalo, mamlakatimizda ichki ishlar organlarining jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha boshlangan tizimli ishlarni izchil davom ettirish xodimlar zimmasiga katta mas'uliyatni yuklaydi. Jazoni ijro etish xizmati xodimlari shaxsini o'rganishdan oldin «shaxs» tushunchasiga psixologik tavsif berish lozim: «Shaxs» tushunchasi keng va ko'p qirrali. Shaxsni u yoki bu yo'nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o'rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o'laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, individualpsixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Zamonaviy psixologiyada shaxsga quyidagicha ta'rif berilgan. «Shaxs o'z menligini anglagan, o'zgalar bilan o'zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta'sir o'tkaza oladigan har qanday individ». Jazoni ijro etish xizmati xodimlari shaxsining psixologik tuzilishida bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to'xtalamiz. Sezgi va uning jazoni ijro etish xizmati xodimlarining faoliyatida tutgan o'rni Sezgi oddiy psixik jarayon bo'lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek, moddiy qo'zg'atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta'sir etganda organizmda hosil bo'ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. Materiya bizning sezgi irodalarimizga ta'sir etib sezgi hosil qiladi. Sezgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo'llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko'ra obyektiv olamning subyektiv siymosi hisoblanadi. Lekin sezgilarning hosil bo'lishi uchun organizm moddiy qo'zg'atuvchining tegishli ta'siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o'zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Jazoni ijro etish xizmati xodimlarining hayoti va faoliyatida sezgilarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: doc