Jazoni o'tashdan ozod qilish Reja: Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan majburlov chorasidir Afv etish to'g'risidagi farmonlar Jazoni o'tashdan ozod qilishning tushunchasi va turlari. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari ozod qilish tushunchasi va turlari. Mahkumni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek yengilrog'i bilan almashtirishga taqdim etish tartibi. Rad etish asoslari va takroran ozod qilish uchun taqdim etish tartibi. Muddatidan ilgari qo'shimcha ja'zolardan ozod qilish. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganligi oqibatida jazodan ozod qilish tushunchasi, asoslari va tartibi. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi va shartlari. Jazo ijrosini tugatish asoslari va vaqti. Hisob-kitob tartibi, hujjatlarni va shaxsiy buyumlarni berish. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini to'xtatish tartibi. Jazoni o'tab bo'lishi munosabati bilan ozod qilish tartibi. Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash, jazoni ijro etish muasasasalaridan ozod qilingan shaxslarga moddiy yordam ko'rsatish. Mahkumlarning ozod qilinishi to'g'risida xabar berish va ozod bo'lgan shaxslarni kuzatib borish. Voyaga yetmagan mahkumlarni ota-onalariga yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo'natish. Ota-onalari bo'lmagan, voyaga yetmagan mahkumlarni internatlarga yoki homiylar qaramog'iga jo'natish. Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo'llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XII bobida jazodan ozod qilishning turlari berilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: Jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 69-modda); Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish (JK 70-modda); Aybdorni chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 71-modda); Shartli hukm qilish (JK 72-modda); Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73-modda, JK 89-modda); Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish (JK 74-modda, JK 90-modda); Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotish oqibatida jazodan ozod qilish (JK 75-modda); Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish; Majburlov choralarini qo'llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish. Umumiy asosda, sud tomonidan belgilangan jazo muddatini to'liq o'tab bo'lganlik jazoni o'tashdan ozod qilishning mazmun-mohiyatini qamrab oladi. Jazo muddatini to'liq o'tab bo'lganlikni yoki umuman, tegishlicha sud tayinlagan jazo muddatlarini aniq hisoblash uchun mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilishni belgilangan tartibda tashkil etish lozim. Jazoni ijro etish koloniyasiga qabul qilingan har bir mahkum to'g'risidagi ma'lumotlar mahkumlarning harakati hisobini yuritish hamda mahkumlarning shaxsiy hujjatlar yig'ma jildlarini qayd etish daftariga kiritib boriladi, muassasaga kelgan shaxslarga armatura kartochkalari bilan shaxsiy hisob varaqlar ochiladi. Jazoni ijro etish muassasa ma'muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.97 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.97 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: docx