Jazoning adolatsizligini tekshirish

Jazoning adolatsizligini tekshirish

O'quvchilarga / Huquq
Jazoning adolatsizligini tekshirish - rasmi

Material tavsifi

Jazoning adolatsizligini tekshirish Reja: Adolat ijtimoiy, axloqiy-huquqiy kategoriya sifatida Adolat - haqiqatga erishishning asosiy va muhim mezonidir Hukmning adolatli bo'lishga qo'yilgan talablar. Adolat ijtimoiy, axloqiy-huquqiy kategoriya sifatida Adolat - ijtimoiy axloqiy-huquqiy kategoriya bo'lib, turli individlarning va ijtimoiy guruhlarning jamiyat hayotidagi mavqei, huquq va majburiyatlari, harakat va harakatsizligi, mehnat va uning nematidan bahramand bo'lish, jinoyat va jazo hamda insonlarning xizmati va uning qadrlanishi o'rtasidagi amaliy talablarning o'zaro mutanosib holda bo'lishi tushunchalarini o'z ichiga oladi. Mana shu tushunchalarning bir-biriga zid kelishi adolatsizlik sifatida talqin etiladi. Demak, adolat mohiyatidan jamiyat a'zolari o'rtasida ijtimoiy nematlarni adolatli ta'minlash va taqsimlashga asoslangan. Shu bilan birga adolat nafaqat moddiy hayotiy faoliyatda balki, ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining o'zaro muloqatlari jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy mashaqqatlar, bo'ysunishlar, majburiyatlar, javobgarliklar, tavakkalchilik va yo'qotishlar kabi hodisalarda ham o'z ifodasini topadi. Shu tufayli, ijtimoiy adolat jamiyat hayotining turli sohalari, xususan-iqtisod, siyosat, huquq, axloq va boshqalar orqali harakat qiladi, ularda o'ziga xos tarzda aks etadi. Jamiyat hayotida ijtimoiy adolat tushunchasi turli talqinga (ijtimoiy ongning vertikal va gorizontal ko'rinishida) ega bo'lsada, lekin u mohiyatdan siyosat, huquq va axloqning bir makonda harakat qilish, kishilarning yaxlit, ammo bir-biriga zid baholash tizimi hamda undan kelib chiquvchi adolatga bo'lgan ularning turli munosabatlari orqali uyg'unlashgan vosita tushunchasini o'z ichiga oladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy adolat hamda huquq o'z mohiyati, funksiyaviy xarakteri, mazmun va kelib chiqishi jihatdan ko'p o'xshashlikka egadir. Ammo ularni bir tushuncha sifatida talqin etish o'rinsiz bo'lardi. Chunki, jamiyatda tarkib topgan huquq doim ham adolatli yoki adolat doimo huquqiy bo'lavermaydi. Adolat, doimo huquqning-axloq, ijtimoiy va etik elementlari orqali namoyon bo'ladi. axloqiy dunyoqarash aynan va uni his etish orqali anglash bilan jamiyatning huquqiy makoniga kirib boradi va o'rnashadi. P.N.Sergeykoning fikricha, adolat nafaqat axloqiy-etik yoki bo'lmasa ijtimoiy kategoriya, balki huquqiy kategoriya hamdir. U yuridik adolatni ijtimoiy adolat tushunchasidan farqlaydi. Uning fikriga ko'ra, yuridik adolat-ijtimoiy adolatning bir qismi bo'lsada, ammo u mustaqil xususiyatga ega. Chunki yuridik adolat o'ziga xos predmet va baholash mezoniga ega. Yuridik adolat kishilar xulqining hamda boshqa ijtimoiy hodisalarning mezoni sifatida, faqat yuridik faktlarni baholashda ishlatilishi mumkin. Yuridik xususiyatga ega bo'lmagan faktlar uni qiziqtirmaydi va u tomonidan baholanmaydi. Qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar-yuridik adolat tushunchasi ostida yotgan asosiy hamda birlamchi mezondir. Deyarli shunday, ammo, bir muncha kengroq fikrni F.A.Abdumajidov bergan. Uning fikricha, adolat-huquqning poydevoridir. Shu bilan birga, adolat huquqdan kengroq tushunchaga ega. Uning mazmuni kodekslarda, qonunlarda va boshqa yuridik aktlarda toraytirilishi mumkin emas. Chunki adolat nafaqat huquqiy, balki u etik kategoriya sifatida, huquqning axloqiy poydevorini tashkil etadi. Zero huquq ham, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga