Jazoning shafqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi afzal

Jazoning shafqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi afzal

O'quvchilarga / Huquq
Jazoning shafqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi afzal - rasmi

Material tavsifi

Jazoning shafqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi afzal Keyingi yillarda jahon hamjamiyati doirasida o'lim jazosi borasida turli fikr-mulohazalar avj olayotganligi mazkur jazo turini o'rganib, chuqurroq tahlil qilishni taqozo etmoqda. Shunday ekan, jahon tajribasida o'lim jazosining tarixi, bu borada nazariyotchilarning fikrlari nimalardan iborat va jazoning bu turi alohida davlatlar tajribasida qanday qo'llanilmoqda, degan savollar ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiydir. Jazoning bu turi tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, u kishilik tarixi kabi uzoq davrlarga borib taqaladi. Bunday jazo turli xildagi jinoyatlarga, ko'proq qotillik, xiyonat, xoinlik kabi jinoyatlar uchun qo'llanilgan. Bu jazoni amalga oshirish shakllari esa odatda, toshbo'ron qilish, suvda cho'ktirish, osish, boshini tanasidan judo qilish, Yevropada omma oldida chormixga tortish kabi usullarda ijro etilgan. Xo'sh, insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi sifatida inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida e'tirof etilayotgan bugungi kunda jazoning bu turiga nisbatan qanday munosabatda bo'linmokda? Shuni aytish kerakki, bu borada dunyo davlatlari tajribasi turlichadir. Jahondagi 90 ga yaqin davlatlarda o'lim jazosi rasmiy ravishda bekor qilingan bo'lsa, yana shuncha davlatda ushbu jazo amalda qo'llaniladi. Jazoning bu turi bekor qilingan davlatlarda bir umrlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy qilingan. Jazoning bu turi xususidagi dastlabki munozaralar XVII asr o'rtalarida yuzaga kelgan. Italiyalik taniqli faylasuf Chezare Bekkarianing 1764 yilda yozilgan Trftto dei delitti e delle penel (Jinoyat va ja'zolar bayoni) asari bu borada yaratilgan yetakchi nazariy manba sifatida tan olinadi. Albatta, jazoning bu turini tanqid qiluvchilar uni shafqatsiz va inson qadr-qimmatini kamsituvchi jazo sifatida ta'kidlashsa, himoya qiluvchilar esa uni boshqa fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi eng samarali usul sifatida qo'llab-quvvatlaydi. Biroq jazoning bu turi jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ta'siri haqidagi fikrlar asosli munozarani keltirib chiqaradi. Chunki so'nggi paytlarda o'tkazilayotgan ijtimoiy tahlillar va statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, ko'p davlatlar tajribasida o'lim jazosining joriy qilinishi jinoyatchilik ko'lamining pasayishiga olib kelmayapti. Bu haqda Ch.Bekkaria o'zining Jinoyat va ja'zolar bayoni asarida shunday ta'kidlaydi: Jinoyatchilikning oldini olishda jazoning shafqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi ko'proq ahamiyatga ega. YA'ni shaxs sodir qilmoqchi bo'lgan jinoyati uchun shafqatsiz jazo mavjudligini emas, balki jinoiy qilmish uchun, albatta, jazosiz qolmasligini anglashi lozim. Shundagina jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kurash samara berishi mumkin. Jahondagi ko'p davlatlar o'lim jazosini qo'llashning cheklangan tizimini ishlab chiqqan bo'lsa-da, mazkur jazo birinchi bo'lib 1846 yil AQSHning Michigan shtatida bekor qilindi. Shundan so'ng keyingi 20 yil ichida Venesuela (1863), Portugaliya (1867) davlatlari ham jazoning bu turi amaliyotiga rasmiy ravishda chek qo'ydilar. XX asr boshlariga kelib, boshqa bir qator davlatlarda ham o'lim jazosi bekor qilindi. Braziliya, Monako, Islandiya, Panama davlatlarida esa o'lim jazosi rasmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.87 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.87 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga