Jinoiy ja'zolarni qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati

Jinoiy ja'zolarni qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati

O'quvchilarga / Huquq
Jinoiy ja'zolarni qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati - rasmi

Material tavsifi

Jinoiy ja'zolarni qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati Reja: Jinoiy ja'zolarni qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat Og'ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o'tashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalari Jinoiy ja'zolarni qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokuraturasi IIVning JIEBBga qarashli jazoni ijro etish va tarbiya koloniyalarida qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi. U viloyat prokuroriga bo'ysunadi va o'z faoliyatini Respublika prokuraturasining qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat bo'limi va viloyat prokurorlarining shu soha bo'yicha katta yordamchilari, boshqarma va bo'limlarining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi. Bu prokuratura o'z faaliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuni va boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruq va ko'rsatmalari asosida tashkil qiladi. Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokurori yuqorida qayd etilgan muassasalarda qonunchilik va xuqukiy tartibotni ahvoliga, unga bo'ysungan prokuratura xodimlari tomonidan o'z xizmat vazifalarini bekamu-ko'st bajarilishiga masul bo'lib hisoblanadi, Prokuraturaning ishi prokuratura tarmoqlari faoliyati uchun umumiy bo'lgan prinsiplarga muvofiq, predmetlarga bo'lingan holda tashkil etilib, qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilish, har qanday qonunbuzarliklarni oldini olish, buzilgan huquqlarini tiklash va aybdorlarni tegishli javobgarlikka tartish masalasini qo'yish asosida amalga oshiriladi. Umumiy nazorat sohasidagi Ichki ishlar vazirligiga qarashli surishtiruv va tergov bo'g'inlarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan hamda jinoyat ishlarining sudda ko'rilish jarayonidagi faoliyati O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi qonuni va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari bilan tartibga solinadi Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokuraturasining vazifalariga quyidagilar kiradi: Mahkamalarning qonunda belgilangan huquq va burchlariga rioya qilishlari; Ularni jazodan ozod etishga tayyorlash tartibi to'g'risidagi qonun talablarining bajarilishi; Muassasalar ma'muriyati tomonidan chiqarilgan qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va tezkor-qidiruv harakatlarining qonuniyligi ustidan nazorat qilish; Qayd etilgan muassasalarda davlat mulkini saqlashda, suiiste'molchiliklarga, xo'jasizlikka, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, yoqilg'i, elektr energiyasi va boshqa resurslardan o'rinsiz foydalanish va shu kabi qonunbuzilishlariga yo'l qo'ygan shaxslardan etkazilgan zararni undirib olishga qaratilgan choralarni ko'rish; Texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish; Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan mahkumlar va boshqa fuqarolarga nisbatan qonunsiz harakatlarni aniqlash, bunday harakatlar sodir etilishining oldini olish; Muassasalarda tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar haqidagi habar va arizalarni qabul qilib ro'yxatdan o'tkazish hamda hal etish, jinoyat ishlarini o'z vaqtida qo'zg'atish to'g'risidagi qonun talablarini bajarilishini nazorat qilish va har bir qonunbuzilish holati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.6 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.6 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga