Jinoyat-ijroiya huquqi tushunchasi, predmeti va tizimi. jinoyat-ijroiya huquqi qonunchiligi Reja: Jinoyat-ijroiya siyosati tushuchasi va ahamiyati Jazo tushunchasi va turlari Jinoyat-ijroiya huquqi predmeti, uslubi, tizimi, prinsiplari Jinoyat-ijroiya huquqi manballari va jinoyat-ijroiya huquqini boshqa fanlar bilan aloqasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so'ng xalqimiz, davlatimiz prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligidagi adolatli huquqiy demokratik davlat fuqaro jamiyati qurishni bosh yo'nalish qilib oldi. Bu intilish mustaqil davlatimiz qomusi Konstitutsiya qabul qilinishi bilan mustahkamlandi. O'zbekistonda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning negizi besh tamoyildan biri - bu «qonun ustivorligida»dir. qonun - bu xalqning hoqish irodasini normativ huquqiy hujjatda ifodalangan shakli. Shunday ekan, kodekslar ishlab chiqarish yo'li bilan amalda qo'llanilayotgan doimiy qonunlar davlatimizning u yoki bu ijtimoiy hodisaga bo'lgan munosabatidir. Demak, jinoyat-ijroiya kodeksi ham davlatimizni jinoyat-ijroiya huquqi bilan bog'liq munosabatlarga bo'lgan jinoyat-ijroiya siyosati deb tushunmoq lozim. Bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat maqtovga sazavordir (Tojikiston, Avg'oniston, Rossiyadagi voqealar bilan O'zbekiston barqarorligini solishtirish). Jinoyat kodeksi nuqtai nazaridan jinoiy huquqiy munosabat vujudga kelishi va uni jinoiy-ijroiya huquqi munosabati o'rtasidagi farqni og'zaki ravishda tushuntirib ketish. Jinoyat-ijroiya huquqiy bu -huquqshunoslikning alohida muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, davlat nomidan sud tayinlagan jazoni o'tash, ijro etish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yig'indisidir. Jazo tizimi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida belgilangan bo'lib, ular quyidagilardir: Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo'yicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga jo'natish, ozodlikdan mahrum qilish, o'lim jazosi. qo'shimcha jazo turlari: harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish, mol-mulkni musodara qilish. Sud tomonidan tayinlangan jazo, mahkumni mahkum tariqasida huquq va burchlarga ega bo'lishiga huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Fuqaro tariqasida uni konstitutsiyaviy huquqlari cheklanadi. Masalan, bilim olish, dam olish, saylash va saylanish va h.k. Jazo qo'llash natijasida mahkum jamiyatdan ajratilib, qattiq nazorat ostiga olinadi. Mahkumga nisbatan huquqiy cheklashlar qonuniy tartibda amalga oshiriladi. Mahkum maolum bir hudud doirasida jazoni o'tab tarbiyalanadi. AHAMIYATI: davlat ahamiyatiga molik vazifalar amalga oshrilayapti. Yaoni jinoyat-ijroiya siyosati bajarilyapti. qonunni ustivorligi va jazoni muqarrarligiga kishilarda ishonish hissi uyg'onyapti. Tarbiyaviy nuqtai nazardan boshqa kishilar jinoyat sodir qilmasligi mumkin. Jinoyat-ijroiya huquqi predmeti deyilganda jinoyat-ijroiya huquqi suboyektlari o'rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Metodlari: ishontiruv, majburlov, psixologik, mantiqiy, kuzatish, so'rov va boshqa metodlar. Har bir metodni amaliyot bilan bog'lab tushuntirish. Pirnsiplari: adolat, insonparvarlik, demokratizm, qonuniylik, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qo'llash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorni rag'batlantirish va x.k. Tizimi: jinoyat-ijroiya kodeksi 2 qismdan iborat: umumiy va maxsus qism. Umumiy qismda 1 ta bo'lim, 4 ta bob, 18 ta modda bor. Maxsus qismda 8 ta ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.84 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.84 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: doc