Jinoyat - ijroiya huquqiga binoan mahkumlar huquqiy holati

Jinoyat - ijroiya huquqiga binoan mahkumlar huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat - ijroiya huquqiga binoan mahkumlar huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat-ijroiya huquqiga binoan mahkumlar huquqiy holati Reja: Jinoyat-ijroiya huquqiga binoan mahkumlar huquqiy holati Ja'zolarni va boshqa jinoyat huquqiy ta'sir choralarni ijro etuvchi organ va muassasalar tushunchasi va tizimi hamda ularni tekshirish va nazorat qilish Mahkumlarning huquqiy holati tushunchasi va uning ahamiyati. Mahkumlar huquqiy holati va fuqarolar huquqiy holati o'rtasida farq. Mahkumlar huquqiy holati asoslari. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasi yoki organ ma'muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga murojaat etish huquqi. Mahkumlarning sog'lig'ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko'ra ambulatoriya poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy, huquqiy yordam olish huquqlarini ta'minlash. Mahkumlarning shaxsiy daxlsizlik huquqi. Ularning vijdon erkinligi. Mahkumlarning asosiy majburiyatlari. mahkumlar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquq normalarining jinoyat ijroiya qonunlariga implemantatsiya qilinishi. Mahkumlarning huquqiy holati qonun darajasida belgilab qo'yilgan. Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobi buning yakkol dalolatidir, u o'z ichiga 8-13 (6 ta modda) moddalarni qamrab oladi. Mahkumlarning huquqiy holati - bu jazoni ijro etishda vujudga keladigan jazoning turi, maqsadi va mahkumning xulqi bilan bog'liq bo'lgan, asosiy fuqarolik maxsus huquq va majburiyatlar yig'indisidan iborat bo'lib hisoblanadi. Mahkumlar huquqiy holatining belgilanishi siyosiy va axloqiy ahamiyatga ega bo'lib hisoblanadi. Jumladan, siyosiy jihatdan jamiyat va davlatning mahkumga bo'lgan munosabatini anglatadi. Chunki mahkumning huquqiy holati jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bog'liq jazo maqsadi bilan belgilanadi. Jazoni o'tayotgan mahkumlar ularning jazosi qanday bo'lmasin, o'z majburiyatlarini bajaradilar, qonunda belgilangan doirada sud hukmida belgilangan tartib bilan bog'liq huquqlardan foydalanishlari mumkin. Buning manosi shuki, jazoni o'tayotgan har bir mahbus qanday jinoyat sodir etganligi va jazo turidan qati nazar, u o'zining asosiy huquq va majburiyatlaridan va jamiyat azoligidan mahrum qilinmaydi. Faqatgina huquq layoqatida bazi bir cheklashlar bo'ladi, bu mahkumga jazo qo'llash, ruhiy va moddiy jafo keltirishda namoyon bo'ladi, mahkumning fuqarolarga nisbatan yomonroq sharoitda kun kechirishi - huquq layoqatining cheklanishi bilan ifodalanadi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 8-moddasida: «Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo'ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respblikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo'lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi» deb yozilgan. O'zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqilikka erishgach, barcha diqqat etibor iqtisodiy barqarorlikni, millatlararo tinchlikni ta'minlash, yosh avlod tarbiyasiga etibor qaratish va huquqiy davlat barpo etishga qaratildi. Prezidentimiz I. A. Karimov o'z nutqlarida takidlaganlardek, «Huquqiy davlatda qurol xam, qalqon ham qonundir». Shu sababli mustaqil Respublikamiz juda ko'plab umumjahon tan olgan inson huquqlariga oid bo'lgan xalqaro-huquqiy hujjatlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.69 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.69 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga