Jinoyat - ijroiya huquqining asosiy qoidalari, fan tushunchasi, predmeti va tizimi

Jinoyat - ijroiya huquqining asosiy qoidalari, fan tushunchasi, predmeti va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat - ijroiya huquqining asosiy qoidalari, fan tushunchasi, predmeti va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat-ijroiya huquqining asosiy qoidalari, fan tushunchasi, predmeti va tizimi. Jinoyat ijroiya qonunchiligi Reja: Jinoyat-ijroiya huquqining asosiy qoidalari, fan tushunchasi, predmeti va tizimi. Jinoyat ijroiya qonunchiligi Jinoyat-ijroiya huquqining prinsiplari Jinoyat - ijroiya huquqi fani tushunchasi Jinoyat - ijroiya huquqi fani predmeti. Ja'zolarni ijro etish vaqtida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari. Jinoyat - ijroiya huquqining O'zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan o'rni. Jinoyat - ijroiya huquqi fani va uning jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi, pedagogika, psixologiya va kriminologiya fanlari bilan aloqadorligi MDH chet davlatlar va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya qonunchiligi rivojlanish tarixi. Jinoyat - ijroiya huquqi qonunchiligi prinsiplari. Mahkumni axloqan tuzatish. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish jarayonida jinoyat ijroiya huquqi fani oldida turgan vazifalar. Malumki, O'zbekiton Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Jinoyat-ijroiya kodeksi (JIK) mustaqil O'zbekiston Respublikasida nafaqat jinoiy ja'zolarni, balki boshqa huquqiy ta'sir choralarini xam ijro etishning huquqiy asosini yaratib berdi va aynan shunday qonun-qoidalari bilan ilgarigi jazoni ijro etish qonunchiligidan tubdan farq qiladi. Avvalgi (1970 yil 24 iyundagi) Axloq tuzatish mehnat kodeksida jinoiy ja'zolarning faqat axloq tuzatish bilan bog'liq bo'lgan ja'zolarninggina huquqiy asosi nazarda tutilib, jinoiy ja'zolarning axloq tuzatish ishlari nazarda tutilmagan boshqa jazo turlari turli xildagi huquqiy aktlar bilan tartibga solinar edi. Lekin jinoiy ja'zolarning boshqa axloq tuzatish ishlari bilan bog'liq bo'lmagan bir necha turlari xam mavjud edi. Yangi JIK jinoiy ja'zolarning barcha turlarini, shu bilan bir qatorda jazo bilan bog'liq bo'lmagan boshqa huquqiy ta'sir choralarini ham ijro etish qoidalarini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasi JIKning predmetini JKning 43-moddasida nazarda tutilgan jazo tizimi va tarbiyaviy hamda tibbiy yo'sindagi majburlov choralari tashkil etadi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Jinoyat kodeksi va yuqorida zikr etilgan asosiy me'yoriy hujjatlarga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan tashkil topadi. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari: - jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini; - mahkumlarning huquqiy maqomini; - mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo'llash tartibini; - mahkumlarni jazoni o'tashdan ozod qilish tartibini; - jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; - mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi. Ja'zolarini ijro etishda hokimiyat, o'zini-o'zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Bu holat jinoyat-ijroiya huquqi fanida jinoyat-ijroiya huquqiy munosabatlari deyiladi. Jinoyat-ijroiya huquqiy munosabatlari davlat nomidan jazo va boshqa jinoyat huquqiy ta'sir choralarini ijro etuvchi organ yoki muassasa va ikkinchi tarafdan sudning hukmi yoki uni o'zgartiruvchi ajrim qarori, jazodan ozod ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.53 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.53 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga