Jinoyat-protsessual isbotlashning axloqiy asoslari Reja: 1. Jinoyat ishi bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar 2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati 3. Dalillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati 4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari 1. Jinoyat ishi bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar Dalillar va isbot qilishning umumiy shartlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 8 va 9-boblarida berilgan bo'lib, jinoyat sud ishlarini yuritish normalari tizimida muhim huquqiy institutlar hisoblanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasi talabiga ko'ra quyidagilar isbotlanishi kerak: jinoyat ob'ekti; jinoyat tufayli etkazilgan zararning xususiyati va miqdori; jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi holatlar; sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko'rsatib o'tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro'y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish; jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; jinoyat to'g'ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Ma'lumki, jinoyat ishi bo'yicha dalillarning umumiy ta'rifi JPKning 81-moddasida berilgan. Ushbu modda talabiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo'ladigan har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo'yicha dalil hisoblanadi. Bunday ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko'rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. Dalillar to'g'risidagi ta'limot jinoyat-protsessining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Agar jinoyat-protsessi deyilganda jinoyat ishining ma'lum harakatlanishi tushunilsa, jinoyat ishlarini sudda yuritishda qabul qilinadigan qarorlar, shu jumladan sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi to'g'risidagi asosiy qarorlar dalillargagina asoslanib chiqariladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, dalillar muammosi jinoyat ishlarini sudda yuritishning butun tizimida markaziy bo'g'inni tashkil etadi. Ma'lumki, jinоyat protsessning mаqsаdlаrigа, ya'ni jinоyat sоdir etgan hаr bir shаxsgа аdоlаtli jаzо bеrilishi hаmdа аybi bo'lmаgаn hеch bir shаxs jаvоbgаrlikkа tоrtilmаsligi vа hukm qilinmаsligi, аybdоrlаrni fоsh etishgа erishish uchun zаruriy bir shаrtgа аmаl qilinishi lоzim. Bu sart - hаqiqаtdа qаndаy hоdisа yuz bеrgаnligini, jinоyatni kim vа qаndаy hоlаtlаrdа sоdir etganligini аniqlаnishi hisоblаnаdi. Jinоiy hоdisа isbоt qilish mаjburiyati yuklаtilgаn surishtiruvchi, tеrgоvchi, prоkurоr hаmdа sud uchun o'tmish hоdisаsi bo'lgаnligi sаbаbli, uning bаrchа hоlаtlаrini ulаr fаqаt isbоt qilish vоsitаsi bo'lmish dаlillаr yordаmidа аniqlаshlаri vа tеgishli xulоsаgа kеlishlаri mumkin. Dalilning ishga aloqadorligi ko'rilayotgan ish holatlari bilan bog'liqligiga ko'ra belgilansa, dalillarning maqbulligi esa qonun bilan belgilanadi. Ya'ni, qonun faktlar to'g'risidagi ma'lumotlardan qaysi manbalardan dalil sifatida foydalanish mumkinligini belgilab beradi. Unga ko'ra, dalillarning maqbulligi quyidagilarni: ma'lumotlarning kelib chiqishini bilish hamda ularni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.14 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.14 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: doc