Jinoyat - protsessual kodeksini takomillashtirishda liberallashtirishning o'rni

Jinoyat - protsessual kodeksini takomillashtirishda liberallashtirishning o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat - protsessual kodeksini takomillashtirishda liberallashtirishning o'rni - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat-protsessual kodeksini takomillashtirishda liberallashtirishning o'rni Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda bosqichma -bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, avvalo inson hamda davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Bu islohotlarni Prezidentimiz ta'kidlanlaridek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshlab berdi. Dastlab Prokuratura to'g'risidagi, Sudlar to'g'risidagi Qonunlarning qabul qilinishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi, Fuqarolik, Fuqarolik-protsessual va Xo'jalik-protsessual kodekslari va boshqa bir qator muhim qonunlarning qabul qilinishi islohotlarning poydevorini yaratdi. O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta'minlaydigan yangi yuridik tamoyil va talablarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi. Respublikada qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar va andozalarga muvofiqlashtirish, inson huquqlarini himoya qiladigan yaxlit tizimni barpo etish, inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo'shilish davom etib, bu hujjatlar bo'yicha majburiyatlarni bajarish, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga so'zsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi. Shu bilan birga sudyalarning ixtisoslashuvi, dastlabki tergov va sud muhokamasining muddatlarini belgilanishi jinoyat protsessida nazariy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Ayni vaqtda, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini qo'shimcha kafolatlash yuzasidan islohotlar davom ettirilib, qonunlarimiz tobora liberallashib borildi. Bu o'rinda 2001 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida qabul qilingan «Jinoiy ja'zolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi Qonun o'ziga xos o'rinni egallaydi. Bu qonunga ko'ra Jinoyat-protsessual kodeksiga apellyatsiya instansiyasi joriy qilindi, kassatsiya tartibida ish yuritish mazmuni o'zgartirildi, hamda milliy xususiyatimizga mos bo'lgan yarashuv instituti kiritildi. Jinoyat protsessida hukm, ajrim (qaror)larning qonuniyligi, asosliligi, adolatliligini tekshirish bosqichi apellyatsiya instansiyasi joriy qilinishi hamda kassatsiya instansiyasining mazmunan o'zgartirilishi bilan yanada kuchaydi. JPKga apellyatsiya tartibida ish yuritishni belgilovchi 18 ta modda kiritildi. Bu moddalarda apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirish subyektlari, shikoyat va protest bildirish tartibi, muddatlari, uning oqibatlari, shikoyat va protestning mazmuni, apellyatsiya sudi muhokamasining tartibi va uning vakolatlari, apellyatsiya sudi ajrimining kuchga kirishi belgilangan Kassatsiya instansiyasi esa mazmunan o'zgartirilib, ikkinchi instansiya bo'lishiga qaramay, faqat qonuniy kuchga kirgan hukm, ajrim va qarorlarni tekshiradigan bo'ldi, hamda shikoyat va protest keltirish uchun bir yillik muddat belgilandi. Bu esa birinchidan fuqarolarga sud qarorlari ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish erkinligini ta'minladi, ikkinchidan qonuniy kuchga kirgan hukm, ajrim, qarorlar ustidan bir yil davomida shikoyat yoki protest keltirish uchun imkoniyat yaratdi. Shu o'rinda, apellyatsiya instansiyasi xususida ayrim fikrlarimizni bayon qilmoqchimiz. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari belgilangan JPKning 49713 -moddasi birinchi qismida birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqarishi mumkinligi qayd etilgan. Bizningcha, ushbu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.74 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.74 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga