Jinoyat huquqi fanining o'ziga xos xususiyatlari Reja: Jinoyat huquqining tushunchasi, maqsad va vazifasi. Jinoyat qonunchiligining prinsiplari. Respublikamiz oldida turgan g'oyat muhim vazifalardan biri jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdir. Bu muommani hal etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch g'ayrat sarflashni, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni og'ishmay amalga oshirishni taqozo etadi. Jinoyat huquqining tushunchasi, maqsad va vazifasi Qaysi qilmishlar jinoyat hisoblanadi, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga qanday jazo berilishi lozimligini belgilab beradigan huquqiy me'yorlar katta ahamiyatga ega. Chunki inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash va ta'minlash har qanday davlatning birinchi darajali vazifasidir. Jinoyat huquqi ikki qismdan tashkil topgan. Birinchisi, Umumiy qism bo'lib, o'z ichiga bir necha bo'limlarni oladi. Ikkinchisi, Maxsus qism, unda jinoyatlar turlari va ularga qo'llaniladigan jazo choralari ko'rsatilgan. Birinchi qismining birinchi bo'limida: Respublikamiz Konstituttsiyasining 26-moddasiga ko'ra, hech kim sud hukmisiz va qonunga nomuvofiq holda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi hamda jinoiy jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat huquqi - huquq fani tizimining bir sohasi bo'lib, jinoyatning oldini olish, insonlar havfsizligini jinoiy tajovvuzdan qo'riqlash, fuqarolarni qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash, Respublikada uchrayotgan jinoyatlarni va ularga qo'llaniladigant jazo choralarini belgilash kabi muhim masalalarni o'rgatadi. Birinchi bo'limda: qonunning amal qilish doirasi ko'rsatilgan. Ikkinchi bo'limda: jinoyat tushunchasi;javobgarlikka lozim bo'lgan shaxslar; ayb tushunchasi; tamom bo'lmagan jinoyat tushunchasi; jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, turlari; bir qancha jinoyat sodir etish turlari berilgan. Uchinchi bo'limda: qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari ko'rsatilgan. To'rtinchi bo'lim: o'z ichiga: jazo tushunchasi, maqsadi va turlarini; jazo tayinlash asoslarini olgan. Jinoyat huquqining vazifalari va prinsiplari Umumiy va Maxsus qismlar uzviy bog'liqdir. Maxsus qism normalari Umumiy qism asosidagina qo'llanilishi mumkin. Ayni paytda Umumiy qism hayotni faqat Maxsus qism normalari orqaligina aks ettiradi. Jinoyat huquqi Umumiy va Maxsus qismlarining bir-biri bilan aloqasi jinoyat uchun jazo belgilash chog'ida ham namoyon bo'ladi. Qonun sud zimmasiga Umumiy qism normalariga aoslanib Maxsus qism moddalarida ko'rsatilgan turdagi va normadagi jazoni tayinlash majburiyatini yuklaydi. Jazo tayinlash chog'ida Umumiy qism normalari asosida mazkur holda jinoiy jazodan ozod etuvchi yoki shartli qamoq jazosini qo'llash imkonini beradigan holatlar bor-yo'qligi aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2-moddasiga binoan, jinoyat qonunining asosiy vazifalari: shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat havfsizligini jinoiy tajovvuzlardan qo'riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasi va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Jinoyat huquqi - huquqning bir qancha boshqa sohalari, jumladan, ma'muriy huquq, jinoyat protsessual huquqi, axloq tuzatish-mehnat huquqi, oila huquqi va boshqalar bilan uzviy bog'liqdir. Masalan, Oila huquqiga binoan, farzandiga aliment to'lashdan voz ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
849.2 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
849.2 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx