Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi uning ahamiyati va tizimi

Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi uning ahamiyati va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi uning ahamiyati va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi uning ahamiyati va tizimi Reja: Jinoyat huquqi Maxsus qismi tushunchasi va uning ahamiyati. Jinoyat huquqi Maxsus qismining asosiy prinsiplari, ularning aks ettirilishi va mustahkamlanishi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi Maxsus qismi tizimi. Jinoyat huquqi Maxsus qismi normalarining mohiyati, mazmuni va belgilashning ijtimoiy-siyosiy yoritilishi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov: «Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavfsizligining muhofazasini kafolatlovchi huquqiy davlatni barpo etish» darkor, deb takidlaganidek, hozirgi vaqtda chop etilayotgan har bir monografiya, darslik aholimizni, ayniqsa yosh avlodning huquqiy, ma'naviy, ma'rifiy bilimini oshirish, ularning har tomonlama barkamol inson bo'lib etishishi uchun malum darajada o'z hissasini qo'shmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to'g'risida»gi Qarorida: «Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir», - deb takidlanadi. Albatta, Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan buyon o'tgan qisqa davr mobaynida xalqimizning ma'naviyati qanchalik oshganligini, huquqiy ongni egallayotganligini, mamlakatimizda barpo etilgan va etilayotgan korxona - inshootlarni yoki bo'lmasa, dunyoda tutgan ajoyib o'rnini kim bilmaydi deysiz. Xullas, aytish joizki, asrlarga tatigulik va qolaversa, kelajak avlodlar eslab, faxrlanib yuradigan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O'zbekistonda bozor iqtisodiyoti tizimini, huquqiy demokratik davlatni shakllantirishda g'oyat muhim ishlar bajarilmoqda. Jamiyatni boshqarish, yangi shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirishni ta'minlash maqsadida ko'plab qonunlar qabul qilindi. Ana shunday qonunlardan biri 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritilgan Jinoyat kodeksidir. Ushbu Jinoyat kodeksi qabul qilinganidan beri uning normalarining amalda tatbiq etilishida muayyan tajribaga ega bo'lindi. 1998 yili jinoyat huquqining Umumiy qismi bo'yicha darslik nashr qilingan edi. Ana endi Maxsus qismi ham tayyorlandi. Jinoyat huquqi Maxsus qismi bo'yicha darslikni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi asosiy manba sifatida olindi. Ushbu tayyorlanayotgan darslik esa O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi asosida jinoyat huquqining ko'p yillik tajribasidan foydalangan holda, shuningdek O'zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilishni amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqib yozildi. Ushbu darslik yuridik oliy o'quv yurtlarining «bakalavr» tizimida o'qiyotgan talabalar uchun darslik sifatida tayyorlangan bo'lsada, undan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari, magistratura tizimida ta'lim olayotganlar, yuridik kollejlarning talabalari va jinoyat huquqi bilan qiziquvchi har qanday shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Jinoyat huquqi huquq tizimining (Konstitutsiya, fuqarolik, ma'muriy va boshqa huquq normalari bilan bir qatorda) alohida bir tarmog'idir. O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida jinoiy javobgarlikka tortish hamda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun qonun normalari doirasida jazo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.84 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.84 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga