Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi, vazifasi, predmeti va tizimi Reja: Jinoyat huquqi Maxsus qismi tushunchasi, vazifasi, predmeti va tizimi. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning ilmiy asoslari. 1. Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi, vazifasi, predmeti va tizimi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida jinoiy javobgarlikka tortish hamda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun qonun normalari doirasida jazo tayinlash nazarda tutilgan, uning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi, huquq tizimining mustaqil tarmog'i ekanligini belgilovchi va huquqning boshqa turlaridan ajratib turuvchi o'ziga xos tamoyillarga egadir. Bu tamoyillar jinoyatchilikka qarshi ko'rashda davlat siyosatini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Jinoyat huquqining Umumiy qismiga javobgarlikning prinsiplari, asoslari va chegaralari, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llaniadigan jazo turini ifodalovchi normalar kiritilgan. Undan farqli ravishda, Jinoyat huquqining Maxsus qismida aniq bir jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan qo'llanilishi mumkin bo'lgan jazo chegaralari kiritilgan. Fan sifatida jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismlari qonun bilan qo'riqlanadigan obyektlariga ega, yani davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarni qo'riqlaydi. Jinoyat huquqi Umumiy va Maxsus qismlarining o'zaro bog'liqligi shundaki, shaxs aybli, deb hisoblanayotgan ijtimoiy xavfli qilmish huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan har ikki qismning normalari qo'llanilgandagina, aniq mazmunga ega bo'ladi. Ushbu qism normalarisiz bunday ko'rashni amalga oshirib bo'lmas edi, chunki ularsiz ijtimoiy xavfli qilmishni konkretlashtirish va sodir etilgan jinoyat tarkibini belgilash imkoni yo'qqa chiqar edi. Maxsus qismda har bir jinoyatning turi va belgilari, shuningdek, sodir etilgan qilmish uchun jazo choralari aniq ko'rsatilgan. Jinoyat huquqi Maxsus qismining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir (JK 2-moddasi). Jinoyat huquqining maxsus qismi bu aniq bir jinoyat haqidagi fan. Har bir qilmishni alohida aniliz qilish, bu jinoyatning o'ziga qos belgilarini aniqlash, va to'g'ri kvalifikatsiyalashga yordam beradi. Har bir jinoyatni bir biri bilan taqqoslash yo'li bilan, jinoyatlarni bir biridan farqi, jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish uchun zarur bo'lgan tavsiyalar va qonunda tomonidan belgilangan har bir jinoyatning aniqligi kelib chiqadi. Maxsus qism normalarini qo'llashda huquqning asosiy manbai hisoblanmish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilish lozim. Jinoyat huquqi Maxsus qismi normalarini to'g'ri qo'llashda O'zbekiston Respublikasi sudlari uchun majburiy bo'lgan Maxsus qismning tegishli normalari sharhlangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarorlari muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari sud amaliyotini umumlashtiradi, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda sudlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolarni aniqlaydi va amalda turlicha izohlanib kelinayotgan qonunning mohiyati va amalda tatbiq etilishi yuzasidan tushuntirishlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: docx