Jinoyat huquqi tizimi vazifalari predmeti va tushunchasi

Jinoyat huquqi tizimi vazifalari predmeti va tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat huquqi tizimi vazifalari predmeti va tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat huquqi tizimi vazifalari predmeti va tushunchasi Reja: Jinoyat huquqi fani tushunchasi va predmeti. Jinoyat huquqi tizimi. Jinoyat huquqi prinsiplari tushunchasi va ahamiyati. Jinoyat huquqi fanining vazifalari. Jinoyat huquqi O'zbekiston Respublikasi huquq tizimining etakchi tarmoqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Jinoyat huquqi O'zbekiston Respublikasining umumiy huquq tizimiga kirishi bilan birga o'zining maxsus vazifalari, o'rganadigan sohasi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari jihatidan boshqa fanlardan, shu jumladan boshqa huquq tarmoqlaridan farq qiladi va ana shu farqlar uni mustaqil fan tarmog'i sifatida o'rganishni taqozo qiladi. Jinoyat huquqi O'zbekiston Respublikasi Oliy Davlat Hokimiyati organi tomonidan o'rnatilgan, huquq prinsiplari asosida ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli deb hisoblangan qilmishlar va bu qilmishlar uchun jazo belgilovchi yuridik normalar yig'indisidan iborat. Uning tushunchasini keng manoda olganda jinoyat huquqi - O'zbekiston Respublikasi Oliy Davlat hokimiyat organi tomoni-dan o'rnatilgan, qilmishning jinoiyligini va jazoga sazovor-ligini belgilovchi jinoiy javobgarlik va uning asoslarini, jazoning maqsad va vazifalarini, jazo tizimini, jazo tayin-lashning umumiy asoslarini, javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni, shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llashni, tartibga soluvchi yuridik normalar majmuidan iborat bo'lgan huquq tarmog'idir. Jinoyat huquqining mazmuni O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarida mujassamlashgan bo'lib, ular Jinoyat Kodeksi moddalarida belgilanadi. Ana shu aytilganlarga ko'ra, Jinoyat huquqi - salbiy ijtimoiy hodisa hisoblangan jinoyatlarga qarshi keskin kurash olib borishning normativ bazasi hisoblanadi. Jinoyat huquqining huquq fanlari tizimida mustaqil fan tarmog'i ekanligi quyidagi o'ziga xos belgilarda ifodalanadi: Faqat jinoyat huquqigina qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini, jinoiy javobgarlikning asoslarini, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilishni belgilovchi yuridik baza hisoblanadi. Boshqa birorta fan tarmog'iga bunday xususiyat xos emas. Jinoyat huquqining o'zi tartibga soladigan o'z predmetiga egaki, bu ijtimoiy munosabatlar faqat jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga keladi. To'g'ri, jinoyat sodir etilishi munosabati bilan bir qator huquqiy fanlar (masalan, jinoyat- protsessual, jinoyat-ijroiya huquqi) tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Ammo jinoyat sodir etilishi munosabati bilan har bir fan tarmog'i o'ziga tegishli bo'lgan ijtimoiy munosabatni tartibga soladi. Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilishning huquqiy asoslari faqat jinoyat huquqida belgilanadi. Boshqa birorta huquq fani bu munosabatlarni tartibga solmaydi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning subyektlari faqat bir tomondan davlat nomidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo'lsa, ikkinchi tomondan jinoyat sodir qilgan shaxs hisoblanadi. Jinoyat huquqi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lib, yuridik fakt hisoblangan jinoyat hodisasi sodir etilishi munosabati bilan uning normalari harakatga keladi. Jinoyat huquqida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish shakli, jinoyat qonunida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.44 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.44 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga