Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi Reja: Sud tizimi Hindiston huquqiy tizimi Fuqorolik va shunga o'xshash sohalar huquqi Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi 1926 yilda fransuz jinoyat qonunchiligi asosida yaratilgan Jinoyat kodeksi 1920-1930 yillarda musulmon delikt huquqini deyarli muomaladan chiqardi. Lekin ayrim musulmon qonunchiligi bo'yicha jinoyat hisoblangan qilmishlar shu huquq sohasida ko'rib chiqilsa-da, 1979 yilgi revolyutsiyaga qadar asosiy manba mazkur Jinoyat kodeksi edi. Inqilobdan so'ng (1979 yil) yana qayta musulmon huquqi mavqei ko'tarilib, 1926 yilgi Jinoyat kodeksi deyarli bekor qilindi. 1979 yilgi Konstitutsiya Eron Islom Respublikasida barcha jinoyat ishlari islom huquqi prinsiplari va shariat qonunchiligida belgilangan javobgarlik doirasida olib borilishi mustahkamlandi. Dastlab bu borada asosiy manba rolida shia huquqiy tizimining mashhur huquqshunoslari asrlari va Eron islom Respublikasi rahbari R.Xumoyniy fatvolari bo'ldi. Lekin 1981 yil aprelda Qasos to'g'risidagi Qonun qabul qilinib, u fotillik va tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 199 moddadan iborat edi. 1980 yil oxirlarida jinoyat qonunchiligi isloh qilinishi 1988 yilda Eronda yagona Jinoyat kodeksi yaratilishiga olib keldi va u shariatning hudud, qasos va tazir kabi huquqbuzarliklari uchun javobgarlikni aks ettirdi. Jinoyat qonunchiligi kabi musulmon huquqiy konsepsiyalar ta'siri ostida 1988 yilda Eronning Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilingan. Shu bilan bir vaqtda Jinoyat protsessual kodeksi jinoyat ishlarini yuritishda umum demakratik prinsiplarini tan oladi. Bu holat Eron konstitutsiyasining 165 moddasida Sud protsesslari ochiq bo'lishi kerak, jamoat havfsizligi va ma'naviyatiga mos bo'lmagan, shuningdek shaxsiy nizolar sud qarori bilan yopiq majlisda ko'riladi deb mustahkamlab qo'yilgan. Sud'yalar barcha qarorlarni kodifikatsiyalangan qonunchilik asosida qabul qilish kerak (167 - m.). Jinoyat ishlari jinoyat ishlari bo'yicha sudlari va islom inqlobiy sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi.Islom inqilobiy sudlari reglamendiga ko'ra sud ikki sud'yani o'z ichiga oluvchi 3 kishidan iborat bo'lishi kerak. Amalda esa bunday sudlar bir sud'ya - diniy sud'yalardan iborat bo'ladi. Sud tergovi oddiy tarzda himoyachi ishtirokisiz yuritiladi. Sudlanuvchi sud chiqargan hukm bo'yicha shikoyat qilishga haqli emas. Lekin Oliy sud o'lim yoki boshqa ja'zolar berilgan jinoyat ishlari bo'yicha hukmlarni qonunning qo'llanilishi darajasini ular kuchga kirgunga qadar tekshirishi kerak. Odil sudlov bo'yicha oliy kengash o'lim jazosini tasdiqlashi yoki maskur jinoyat ishini uni ko'rgan sudga qayta ko'rish uchun qaytarishga haqli. Sud tizimi Eron konstitsutsiyasining 156 - moddasiga ko'ra sud hokmiyati mustahkamdir va u islom huquqi normalari asosida amal qiladi. Odil sudlov bo'yicha oliy kengash oliy instansiya bo'lib u besh yilga vakolatli 5 a'zodan iborat bu kengash tarkibiga Oliy sudning Bosh sud'yasi va Bosh prokuror kiradi. Ikkialasi ham Shiya mujtahidlari bo'lishi kerak. Boshqa uch a'zo esa musulmon huquqshunoslari tomonidapn saylanadi. Kengash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.68 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.68 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: docx