Jinoyat huquqi

Jinoyat huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat huquqi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat huquqi Reja: Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti. Jinoyat huquqi fani. Jinoyat huquqi prinsiplari. Jinoyat huquqi huquq tizimining bir tarmog'idir. Shuning uchun umuman huquq tarmoqlariga xos bo'lgan prinsiplar jinoyat huquqiga xam tegishlidir. Shu bilan birga Jinoyat huquqi uning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi, huquq tizimining mustaqil tarmog'i ekanligini belgilab beruvchi va huquqning boshqa turlaridan ajratib turuvchi o'ziga xos maxsus prinsiplarga xam egadir. Jinoyat huquqi Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o'rnatilgan, qonun bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli bo'lgan tajovuzlarning jinoyat ekanligi va jazoga sazovorligini, jazo choralari tayinlash shartlari va tartibini hamda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni belgilovchi huquqiy normalar yig'indisidan iborat. Jinoyat huquqining asosini huquqning boshqa tarmoqlaridagi kabi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil qiladi. Jinoyat - huquqiy normalar (moddalar) o'z mazmuniga ko'ra ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhda jinoyat huquqining jinoyat va jazoga tegishli umumiy qoidalari, prinsiplari va institutlari mustahkamlab qo'yilgan normalar kiradi. Jinoyat huquqi guruhlari Umumiy qoidalar Jazo normalar Ikkinchi guruhga alohida jinoyatlar va bu jinoyatlarning belgilarini, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi normalar kiradi. Birinchi guruh normalari Jinoyat huquqining Umumiy - qismi normalarini, ikkinchi guruhga kiruvchi normalar Maxsus qismi normalarini tashkil qiladi. Jinoyat huquqining huquq tizimidagi mustaqil fan tarmog'i sifatida ajratilish asosi - uning predmeti va uslubiga oid maxsus belgilaridir. Jinoyat huquqining huquqiy tartibga soladigan predmeti jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar, ya'ni ijtimoiy munosabatga jiddiy xavf tugdiruvchi huquq buzishdir. Bunday ijtimoiy munosabatlarning subyektlari, bir tomondan, jinoyat sodir qilgan shaxs bulsa, ikkinchi tomondan, odil sudlovni amalga oshiruvchi organlar orqali davlatdir. Jinoyat huquqining uslubi shaxsga, davlat va jamiyat uchun xavfli bo'lgan qilmishning jinoiyligini va jazoga sazovorligini aniqlash, jinoyat qonuni bilan ta'qiqlangan qilmishni sodir qilgan shaxslarni javobgarlikka tortish va jinoiy jazo qo'llashda ifodalanadi. Jinoiy jazo qo'llash faqat qonun doirasidagina amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida: «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan xar bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chikilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi», - deyiladi. JINOYATCHI jinoyat sodir qilgan shaxs DAVLAT odil sudlovni amalga oshiruvchi organlar orqali Maxsus qismning normalarii amalda tadbiq etishda Umumiy qism normalarining Qoidalari tadbiq etiladi. Demak, Umumiy qismning normalari faqat Maxsus qismning normalari orqali yoki birgalikda qo'llaniladi. Maxsus qism normalarini qo'llashda Umumiy qism normalari yunaltiruvchi va tartibga soluvchi normalardir. Demak, Umumiy qismning normalari Maxsus qismning kaliti hisoblanadi. SHunga ko'ra Maxsus qismning normalari Umumiy qism normalari qoidalariga va institutlariga asoslangan va unga muvofik bo'lishi kerak. Jinoyat huquqi mustaqil fan tarmog'i ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 359.14 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 359.14 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga