Jinoyat huquqida maxsus subyekt

Jinoyat huquqida maxsus subyekt

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat huquqida maxsus subyekt - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat huquqida maxsus subyekt Reja: Kirish I bob. Jinoyat subyekti tushunchasi va uning alomatlari 1.1. Jinoyat subyekti tushunchasi 1.2. Aqli norasolik - shaxsni jinoyat subyekti deb topishga monelik qiluvchi holat sifatida 1.3. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyatning subyekti deb topishning zaruriy belgisi II BOB. JINOYaTNING MAXSUS SUB'YeKTLARI TUShUNChASI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. 2.1.Jinoyat maxsus subyektining umumiy tavsifi va alomatlari 2.2. Jinoyatning maxsus subyektlari klassifikatsiyasi Xulosa Adabiyotlar ro'yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Qonun ustuvorligi va huquq tartibotni ta'minlash amaldagi qonunlarning talablarini qatiy bajarish, huquqbuzarliklar, avvalambor, ularning eng xavfli ko'rinishi bo'lgan jinoyatlarga qarshi kurash mustaqil O'zbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy vazifalarni hal qilishning muhim shartidir. Bunda jinoyat qonunchiligi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan uning to'g'ri qo'llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan jinoyatning maxsus subyekti muammosini o'rganish nazariy va amaliy nuqtai nazardan dolzarb ahamiyatga ega. 2010 yil 12 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida Prezident I.Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini elon qildilar. Mazkur konsepsiyada jamiyat hayotining boshqa sohalarida bo'lgani kabi, sud huquq sohasida, jumladan jinoiy ja'zolarning liberallashtirilishi borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirilishi belgilandi. Jinoyat uchun javobgarlikni qo'llashda jinoyat subyekti masalasini aniqlash, mazkur jarayonning qonuniy, adolatli va asosli bo'lishiga jiddiy talablarni qo'yadi. Jinoyat subyekti javobgarlikning muqarrarligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli ham, jinoyat huquqida maxsus subyektini ilmiy tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega masalalardan hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligini takomillashtirish, uni amalda to'g'ri va aniq qo'llash jinoyat tarkibi muammolarining mufassal tadqiq qilinishiga bog'liq bo'lib, bu jinoyat huquqining eng muhim vazifalarini hal qilishga ko'maklashadi. Huquqiy adabiyotlarda jinoyat tarkibining turli jihatlari etarli darajada tadqiq qilingan, jinoyat subyekti muammosi ham ancha mufassal o'rganilgan, Ammo, jinoyat tarkibi haqidagi ta'limotda jinoyatning maxsus subyektiga nisbatan kam etibor berilgan. Ko'pgina jinoyatlar, masalan, mansabdorlik jinoyatlari va harbiy jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda mazkur jinoyatlar subyektlarining belgilarini aniqlash juda muhim. Ammo maxsus subyekt bilan bog'liq masalalarni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu, avvalambor jinoyat qonunchiligida maxsus subyektli tarkiblarni kengaytirishga intilish kuzatilayotganligi bilan izohlanadi. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida maxsus subyektli tarkiblar jinoyat tarkiblari umumiy sonining 65% ni tashkil etadi. Jinoyat huquqida jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs, agar u mazkur qonunda belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga to'lgan va aqli raso holatda bo'lsa, jinoyat subyekti deb topiladi. Ammo bu belgilar bazan muayyan shaxsni bir qator jinoyatlarning subyekti deb topish uchun etarli bo'lmaydi. Bunday hollar uchun qonun chiqaruvchi Jinoyat kodeksida bir qator qo'shimcha alomatlarni nazarda tutganki, yuqorida zikr etilganga o'xshash jinoyatlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.25 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.25 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga