Jinoyat ishi materiallarini sudga tayinlash bosqichida sud nazorati

Jinoyat ishi materiallarini sudga tayinlash bosqichida sud nazorati

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat ishi materiallarini sudga tayinlash bosqichida sud nazorati - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat ishi materiallarini sudga tayinlash bosqichida sud nazorati Reja: Jinoyat ishi materiallarini sudga tayinlash Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash qarori O'zbekiston Respubliksining hozirgi Jinoyat-protsessual kodeksining 49-bobi jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash deb ataldi. Bunga ko'ra, sudya jinoyat ishining yakuniy hujjatlari bo'lgan ayblov xulosasi va tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish uchun ishni sudga yuborish to'g'risidagi qaror bilan tanishib chiqib, etti sutka ichida jinoyat ishini sudga tayinlash to'g'risida qaror qabul qiladi. Agar etti sutka etishmasa, sud raisi bu muddatni yana uch sutkaga uzaytirishi mumkin. Sud majlisi sudyaning jinoyat ishini tayinlash to'g'risidagi qarori chiqarilgan vaqtdan boshlab ko'pi bilan o'n sutkada boshlanadi (JPKning 405-moddasi). Umumiy hisobda ish sudga kelib tushgandan, to sud majlisi boshlangunga qadar o'n etti sutka muddat berilgan. Amaldagi qonunga ko'ra, bu muddatdan unumli foydalanilmaydi, chunki qonun na sudyada, na taraflarda bu muddatdan o'rinli foydalanish uchun talablar qo'ymagan. Shuning uchun ham JPK ning bu bosqichi va uni tartibga soluvchi qonun normalarini jiddiy o'zgartirish lozim. Sudya jinoyat ishi bilan tanishar ekan: ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi; jinoyat ishini to'xtatish yoki tugatishga sabab bo'ladigan holatlar yo'qmi, ishni sud majlisida ko'rish uchun asoslar etarlimi; surishtiruv va dastlabki tergov o'tkazish davomida jinoyat protsessual qonun talablariga rioya qilinganmi; ayblanuvchiga ehtiyot chorasi to'g'ri tanlanganmi; jinoyat orqasida etkazilgan mulkiy zararni qoplash choralari ko'rilganmi; ayblov xulosasi Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq tuzilganmi kabi masalalarga etiborni qaratadi. O'zbekiston Respublikasi JPKning 396-moddasidagi bu masalalarni sud aniqlashi lozim bo'lgan holatlar deb belgilangan. Bu masalalarni ayrimlari, masalan jinoyat ishini tugatish yoki to'xtatish masalalari yoki sud majlisida ishni ko'rish uchun asoslarning etarli bo'lmasligi yoki JPK talablarining buzilishi yoki ehtiyot chorasini o'zgartirish zarurligi haqiqatan sud tomonidan hal qilinishi kerak. Shuning uchun Rossiya Federatsiyasi JPKning 229-moddasi, Qozog'iston Respublikasi JPKning 301-moddasida belgilanganidek, sudya yakka tartibdagi sudya, taraflar sifatida prokuror hamda himoyachi va ayblanuvchining ishtirokida o'tkaziladigan dastlabki sud majlisi yoki dastlabki muhokamani tashkil etish lozim. Rossiya Federatsiyasida dastlabki muhokama qilish asoslaridan biri taraflarning ayrim dalillarni jinoyat ishiga kiritish yoki ayrimlarini chiqarib tashlash to'g'risidagi iltimoslari hisoblanadi. (RF JPKning 229-moddasi 2-qismi). Bizning protsessual qonunimizdagi asoslar etarlimi jumlasini dalillarning etarliligi va maqbulligi to'g'risidagi talab deb tushunish kerak. Sudya dastavval ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi degan masalani hal qilishi kerak. Lekin buni juda muhim masala deb qarash noto'g'ri, chunki dastlabki tergovda bu masala jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichida, dastlabki tergovda tergovchi tomonidan, ayblov xulosasini tasdiqlashda va ishni sudga yuborishda prokuror tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham sudlovga tegishlilik masalasini hal qilayotganida ish mazmuniga, shaxsiga va hududiga ko'ra taalluqliligini aniqlash odatda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.76 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.76 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga