Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini o'tkazish Reja: 1. Surishtiruvchining jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini o'tkazishi 2. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi 3. Jinoyat ishi bo'yicha dalillar 4. Jinoyat ishi yuzasidan surishtiruvning tamomlanishi Surishtiruvchi jinoyat ishi yuzasidan ikkita asos mavjud bo'lgandagina tergov harakatlarini yuritishi mumkin: 1. Faktik asos yani, jinoyat sodir etilishi bilan jinoyat-protsessual qonunchiligida kursatib utilgan holatlarni vujudga kelishi; 2. huquqiy asos yani xar qanday tergov harakatlarini o'tkazish qoidalarini jinoyat-protsessual qonunchiligimizda huquqiy jihatdan tartibga solingani. Masalan, jinoyat ishi yuzasidan «yuzlashtirish», tergov harakatini o'tkazish, ilgari surok qilingan ikki shaxs ko'rsatmalari o'rtasida jiddiy qarama-qarshilik vujudga kelishi natijasida yuzlashtirish tergov harakatini o'tkazish tartibi va qoidalari O'zbekiston Respublikasi JPKning 122, 124-moddalarida huquqiy jihatdan asoslanganligining o'zi huquqiy asosdir. Surishtiruvchi tergov harakatini o'tkazishda quyidagi vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib kuyadi: 1) hodisa sodir bo'lgan joydagi holatlar bilan shaxsan tanishish; 2) ish bo'yicha ahamiyatli bo'lgan dalillarni izlar va predmetlarni topish, kayd qilish va olib ketish; 3) jinoiy vokea natijasida yuz bergan o'zgarishlarni topish; 4) jinoyat vokeasi holatlari bo'yicha surishtiruvchini kiziktiruvchi masalalarni xal qilish, TMB bilan bog'liq masalalar, jinoyat sodir etilgan joydagi bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslarning ushbu jinoyatga aloqadorligini aniqlash; 5) xususiy taxminlarni ilgari surish va ularni tekshirish. Bevosita jinoyatchilar eki kidirilishi kerak bo'lgan kishilar doirasini kursatuvchi ma'lumotlarni topish; Surishtiruvchi guvoxni, jabrlanuvchini, gumon kilinuvchi va ayblanuvchini dastlabki tergov o'tkazilaetgan joyda eki surok kilinuvchi kaerda bulsa, usha joyda surok qiladi. Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va kaerda ekanligi malum bo'lib, ularni kidirishning xojati bulmasa, ularni surishtiruvchi olib kuyishga xaklidir. Surishtiruvchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosi eki biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo'lgan asheviy dalil va hujjatlar borligiga etarli asoslangandagina tintuv tergov harakatini o'tkazishga xaklidir. Odatda surishtiruvchi tomonidan tintuv o'tkazish to'g'risida chikarilgan karor prokurorning ruxsati bo'lishini takazo etadi. Ammo, kechiktirib bulmaydigan holatlarda prokurorning ruxsatisiz chikarilgan karor asosida tintuv, tergov harakati o'tkazilishi mumkin. Bunday holatlarda prokurorga tintuv o'tkazilganligi to'g'risida 24 soat ichida ezma ravishda xabar qilinishi kerak. Ekspertning xulosasi etarli darajada aniq bulmay, kamchiliklarni tuldirish uchun qo'shimcha tekshirish o'tkazishga zarurat bulmasa eki ekspert foydalangan usullarga aniklik kiritish zarur bo'lib kolsa, surishtiruvchi surok qilishning umumiy qoidalariga rioya etgani holda ekspertni surok qilishi mumkin. Jinoyat ishi bo'yicha olingan asheviy dalillarni surishtiruvchi, xolislar (zarur bulsa mutaxassis), ishtirokida kuzdan kechiradi va kuzdan kechirganligi to'g'risida baennoma tuzadi. Kuzdan kechirish baennomasida asheviy dalillarni ishga taallukliligini kursatuvchi muayyan belgilar va ularning boshqa ashelardan farqlovchi belgilari kursatilishi lozim. Aks holda mazkur baennoma huquqiy jihatdan daliliy kuchini yukotadi. Jinoyat jaraeni ishtirokchisi tergov harakatlarini amalga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.21 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.21 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: doc