Jinoyat ishini qo'zg'atish dastlabki tergovni to'xtatish majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan nazorat

Jinoyat ishini qo'zg'atish dastlabki tergovni to'xtatish majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan nazorat

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat ishini qo'zg'atish dastlabki tergovni to'xtatish majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan nazorat - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat ishini qo'zg'atish dastlabki tergovni to'xtatish majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan nazorat Reja: Jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergovni to'xtatish, tugatishning, qonuniyligi ustidan prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalari. Jinoyat ishini tugatish tushunchasi, asoslari va tartibi. Jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergovni to'xtatish,tugatishning, qonuniyligi ustidan prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalari. O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunini 28-moddasida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning vakolatlari belgilangan bo'lib, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va habarlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish hamda hal etish to'g'risidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi, jinoyat ishlarini qo'zg'atadi yoki ularni qo'zg'atadi yoki ularni qo'zg'atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishi to'xtatadi. Jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergovni to'xtatish va tugatishning qonuniyligi ustidan nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi JPQonunchiligi va Prokuratura to'g'risidagi Qonunga asosan prokurorlarga yuklatilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi JPKning 33- moddasida qayd etilishicha, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida O'zbekiston Respublikasi qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qati nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o'z vaqtida ko'rishi shart. Prokuror o'z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo'ysunib va O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori ko'rsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 27-moddasida Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat predmeti belgilangan bo'lib, unga ko'ra, jinoyatlar to'g'risidagi arizalar va habarlarni ko'rib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi. Ushbu Qonunning 28-moddasida prokurorning vakolatlari qatoriga : Jinoyat ishlarini qo'zg'atishi mumkinligi; Jinoyat ishlarini qo'zg'atishni rad etishi mumkinligi; Olib borilayotgan tergov harakatlarini qonuniyligi ustidan nazoratni olib borishi; Jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan har bir tergov harakati bo'yicha bevosita topshiriq berish, shu tergov harakatlarida ishtirok etish, tergov harakatlarini amalga oshirilishini qonuniyligini ta'minlash; Jinoyat ishlarini tugatishi mumkinligi; Jinoyat ishlari yuzasidan ish yuritilishini to'xtatishi mumkinligi; Qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tugatishiga rozilik berishi; Ayblov hulosasini yoki qarorini tasdiqlashi, ishni sudga yuborishi vakolatlari belgilangan. Shuningdek, prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovoldi tekshiruvini o'tkazish; jinoyat ishlari qo'zg'atish; tergov qilish bilan bog'liq ko'rsatmalari surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiyligi takidlangan. Prokuror jinoyat ishini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.31 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.31 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga