Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda sud nazorati

Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda sud nazorati

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda sud nazorati - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda sud nazorati Reja: Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda sud nazorati tushunchasi va ahamiyati 1946-1947 yillarda prokuratura tomonidan sudga berish tartibi Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda sud nazorati tushunchasi va ahamiyati Sud nazorati jinoyat ishi materialini sud muhokamasiga tayinlash, boshqacha qilib aytganda, ayblanuvchini sudga berish bosqichida ham amalga oshiriladi. Bu bosqichda sud nazoratining zarurligini inkor qilish juda ko'p salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham bu bosqichda sud nazoratini nafaqat mavjudligini tan olish, balki kuchaytirish choralarini ko'rish lozim. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilinib, 1995 yil 1 apreldan kuchga kirgan Jinoyat protsessual kodeksida jinoyat ishi materiallarini sudga tayyorlash masalasi bayon qilingan. Jinoyat protsessiniing bu bosqichi o'z mazmuni mohiyatiga ko'ra, sudgacha bo'lgan jinoyat protsessi bilan sud muhokamasi va undan keyingi sud hokimiyatiga taalluqli bo'lgan bosqichlar o'rtasida filtr vazifasini o'tashi kerak. Vaxolanki, I.D.Perlov aytganidek, o'tkazilgan sud islohotlarida birinchi navbatda, jinoyat sudlov ishlarini yuritishdagi sudga berish bosqichini yo'q qilishga yoki o'zgartirishga uringanlar. Asosiy maqsad ishni o'z yurituviga oladigan sud vakolatlarini kamaytirish hamda bu bosqichni oddiy tarzdagi faoliyatga aylantirishdan iborat bo'lgan. Albatta, bu bosqichga nisbatan bunday urinishlarning sababi nima, bu bosqich qanday maqsad va vazifani ado etadi, degan haqqoniy savol tug'iladi. Ushbu masalaning asl mohiyati va bu bosqichni qanday vazifani ado etishiga V.A.Lazarevaning bergan ta'rifi ayni haqiqatdir. Uning fikricha, sudga berish bosqichining asosiy vazifasi dastlabki tergovda ayblanuvchiga qo'yilgan aybning qonuniy va asoslanganligini tekshirishdan iborat. N.N.Kovtun ham bu fikrga qo'shilib, Sudga berish bosqichi dastlabki tergovning to'la, har tamonlama va xolisona o'tkazilganligi, ayblanuvchiga qo'yilgan ayb mavjudligini tekshirish vakolatiga ega. Aynan shu imkoniyatdan mahrum qilish hamda uning asl maqsadini yashirish uchun ham bu bosqichning zaruriyati inkor qilib kelingan,- deydi. Haqiqatan ham qonun ijodkorlari sudga berish bosqichida sudning dastlabki tergovni qonuniy va asosli o'tkazilganligini bilishi hamda ayb yuzasidan bir to'xtamga kelib qolishidan xavfsiraydilar. Rossiyada 1864 yilda o'tkazilgan sud islohotidan boshlab bu bosqichning nomi ham turlicha atalgan. Masalan, sudga berish, sudda ishni dastlabki ko'rish, sudgacha bo'lgan jinoyat ishlarini yuritish, sud majlisiga tayinlash, sud majlisiga tayyorgarlik ko'rish. Bu bosqichni amalga oshirishning protsessual tartibi ham turlicha bo'lgan. Masalan, prokuror tomonidan, yakka sudya, birinchi instansiya sudi, ikkinchi instansiya sudi tomonidan sudga berish masalasi hal qilingan. 1922 yilgi keyinchalik 1923 yildagi protsessual qonunlarda sudning jinoyat ishi materiali bilan tanishib chiqishi taqiqlangan, faqat ayblov xulosasini o'rganib chiqib, ayblanuvchini sudga berish belgilangan. Sud ayblov xulosasi bilan tanishib, jinoyat sodir etilgani tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligini o'rganmasdan sun'iy ravishda ayblanuvchini sudga beravergan. Ayrim olimlarning fikriga ko'ra, bu tartib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.41 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.41 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga