Jinoyat ishlari bo'yicha sud muzoqarasida prokurorning ayblov nutqi Reja: Sud muzoqaralarini mazmuni Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish Sud tergovida aniqlanib, tekshirilgan barcha dalillarni tahlil qilish Sud muzoqaralarini mazmuni - avvalambor, taraflarning muzoqara nutqlaridir. Muzoqara nutqlari esa, bahslashayotgan taraflarning protsessual manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilgan xarakterni o'zida mujassamlashtirgan nutqdan iboratdir. bahslashayotgan taraflarning nutqlarida munozaraning mavjud emasligi taraflar o'rtasida bahsning o'zini yo'qligini bildirmaydi, aksincha tortishuvchilikning tashqi xususiyatlari sud muhokamasi ishtirokchilarining o'zlarini tutishlarini ichki mohiyatini va ularni boshqalarga nisbatan ham o'zlarini tutishlarini hoshiyalaydi, faqatgina bezaklaydi xolos. Davlat ayblovchisini nutqida ham qizg'in munozaraning bo'lmasligida oddiygina bir sabab mavjud, u ham bo'lsa, davlat ayblovchisi ayblov nutqini yani, o'zining muzoqara so'zini barcha protsess ishtirokchilaridan, shu jumladan himoyachidan ham avval birinchi bo'lib bayon qiladi. Shuning uchun davlat ayblovchisi o'z muzoqarasini qilayotganida hali himoyachi tomonidan sudlanuvchini xatti-harakatlarini oqlovchi qanday tusmollar , asoslar keltirilishini, himoya uchun qanday argumentlar keltirilishi mumkinligi haqida juda ham to'liq ma'lumotga ega bo'lmaydi. Bunday holda esa, albatta aynan qaysi masalada munozara qilinishi mumkinligini oldindan bilish har qanday yuksak mahoratli davlat ayblovchisi uchun ham oson bo'lmaydi. Lekin ushbu holat prokurorni o'z ayblov nutqini o'zgartirishga asos bo'lib xizmat qilmaydi. Har qanday holatda ham prokuror davlat ayblovchisi sifatida qonun muhofazasini taminlovchi davlat vakili tariqasida davlat nomidan ish ko'radigan masul mansabdor shaxs hisoblanadi. Shu o'rinda Ivanov V.A.ning bir so'zini esga olish lozim deb hisoblayman,yani, Davlat ayblovini qo'llayotgan prokuror muzoqara nutqiga tayyorlanayotganida , agarda himoyachi bo'lganimda, muzoqaraga qanday tayyorlangan bo'lar edim, degan savolni o'z oldiga qo'yib, tasavvur qilib ko'rishi lozim. Shunda, himoyachi tomonidan o'z muzoqarasida qanday asos va vajlar keltirilishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo'lgan davlat ayblovchisi tomonidan himoyachini tutadigan yo'lini oldindan ko'ra olish imkoniyati birmuncha kengayadi. Ushbu olimning fikri bizning nazarimizda ham juda to'g'ridir. Chunki, sud muhokamasi davrida tekshirilgan va aniqlangan dalillar bevosita davlat ayblovchisi va himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi. Sud muhokamasi mobaynida qaysi bir dalil to'g'ri dalil, qaysi bir dalil egri dalil yoxud qaysi bir dalil oqlovchi yoki qoralovchi dalil ekanligi haqida etarli tushunchaga ega bo'linadi. Munozaraga sababchi bo'lishi mumkin bo'lgan, dalillar qaysi ekanligi haqida hamda aynan qaysi dalillarni himoyachi tomonidan o'z himoya nutqida sudlanuvchini foydasi uchun ishlatishi mumkinligi haqida ham tushunchaga ega bo'linadi. Shunday ekan, davlat ayblovchisi tomonidan aynan agarda, himoyachi bo'lganimda o'z himoya nutqimni qo'llagan bo'lar edim va qaysi dalillardan keng foydalangan bo'lar edim degan savolni o'z oldiga qo'yilishi davlat ayblovchisi tomonidan o'z ayblov nutqiga tanqidiy qarash bilan hamda yo'l qo'yilgan bo'lishi mumkin bo'lgan xatolarni bartaraf qilish bilan yakunlanadi. Qayd etilgan ushbu talablarni davlat ayblovchisi tomonidan unutilmagan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.16 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.16 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc