Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash davrida prokuror ishtiroki

Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash davrida prokuror ishtiroki

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash davrida prokuror ishtiroki - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash davrida prokuror ishtiroki JINOYaT IShLARINI SUD MUHOKAMASIGA TAYINLASh DAVRIDA PROKUROR IShTIROKI Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……61 Kirish Ӱzbekiston Respublikasi o'z mustaqilligiga erishganidan so'ng huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda keng ko'lamdagi samarali tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shu asnoda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o'z ma'ruzalarida qo'yidagi fikrlarga o'z etiborini qaratib o'tgandi: Biz mamlakatimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini eng oliy va ustivor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida o'tgan davr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizda qanday natija va yutuqlarni ko'lga kiritgan bo'lsak, ularning barchasi Konstitutsiyamizda muhirlab qo'yilgan talab va tamoyillar bilan uzviy bog'liqdir. Mustaqillik - bu ulug' nemat, bugunimiz va kelajagimiz garovi. Ushbu asnoda etirof etishimiz lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Ӱzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli asaridan davlatimizning buyuk kelajagini yaratish yo'lida mustaqillikning naqadar zarurligi, davlatimiz mustaqilligining osonlikcha qo'lga kiritilmaganligi va mustaqilikka erishish yo'lidan qanchadan-qancha ishlarning amalga oshirilganligini anglashimizga bo'ladi. Shuningdek, alohida etirof etish lozimki, mustaqillik sharafati tufayli davlatimizda iqtisodiy o'sish surati yuqorilab bormoqda va mazkur jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo'shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ma'ruzasida «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so'z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo'lib qolmoqda» deb takidlab o'tgan edi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda davlat - huquq ustqurmasini va uning alohida tarmoqlarini takomillashtirishga katta etibor qaratildi. Zero, mazkur omillarsiz huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish mumkin emas. O'z -o'zidan ravshanki, bu jarayon prokuratura organlarini ham qamrab oladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan alohida XXIV bobda prokuraturaning maqomi va faoliyati, uning prinsiplari belgilab berilgan. «Prokuratura, - deb takidlagan edi Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov, - qonunni, uning talablarini qatiy himoya qiluvchi idora hisoblanadi. U huquqiy islohatlarni o'tkazishda, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurish ishida hal qiluvchi o'rin tutadi». Prokuraturaning mustaqilligi prinsipini hayotga og'ishmay tatbiq qilish, prokurorlarning vakolatlariga kiruvchi, ayniqsa jinoyat ishlarini tergov qilish, jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash va sudda ko'rish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilishda ularga nisbatan har qanday tarzda taziyq o'tkazishga urinishlarni bartaraf etish prokuratura organlari faoliyatini samarali ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bu shart sudlarda jinoyat ishlari ko'rilishida prokuror ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 75.13 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 75.13 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga