Jinoyat ishlarini yuritishda sud nazoratining tashkil topishi va rivojlanish tarixi

Jinoyat ishlarini yuritishda sud nazoratining tashkil topishi va rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat ishlarini yuritishda sud nazoratining tashkil topishi va rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat ishlarini yuritishda sud nazoratining tashkil topishi va rivojlanish tarixi Reja: Jinoyat protsessida sud nazorati huquqiy tabiati Sud nazorati - jinoyat protsessi Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sud-islohotlari jinoyat protsessual qonunchiligiga yangi shakl, yangi mazmun va yangi iboralarni olib kirmoqda. Masalan, yarashuv institutining joriy etilishi, apellyatsiya tartibida ish yuritishning tatbiq etilishi, kassatsiya instansiya sudiga yangi mazmunni berilishi va hokazo. I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida so'zlagan ma'ruzasidan keyin yangi ibora Dastlabki tergovda sud nazorati tushunchasi barchaning etiborida bo'lib qoldi. Bugungi kunda jinoiy va protsessual qonunchiligimizning dastlabki tergov yoki sudgacha bo'lgan jarayoni ustidan sud nazoratini kuchaytirish bilan bog'liq ayrim qoidalarni qaytadan ko'rib chiqish zarurati vujudga keldi deb takidlanishi jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish borasida yana bir muhim vazifani hal qilish uchun imkoniyat yaratib berdi. Dastlabki tergovga sud nazoratini olib kirishdan ko'zlangan asosiy maqsad eng avvalo insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan aloqador masalalarni xalqaro talablarga mos ravishda hal qilishdan iborat. Dastlabki tergovga sud nazoratini olib kirish jarayoni, Prezidentimiz takidlaganlaridek, tashkiliy huquqiy masala bilan bog'liq, uni puxta va jiddiy tarzda ishlab chiqish hamda sud tizimi va u bilan boshqa huquq-tartibot va prokuratura organlarining ushbu o'zgartirishlarni kiritish uchun zarur tayyorgarlikka ega bo'lishi taqozo etiladi. Haqiqatan ham bu ancha murakkab masala. Buning uchun nafaqat protsessual qonunni takomillashtirish, balki, sud va prokuratura xodimlarining ruhiyatini, kasbiy tayyorgarligini ham o'zgartirish lozim. Chunki, so'z sanksiyani sud vakolatiga o'tkazish ustida ketmoqda. Bu borada huquqshunoslar orasida yangi fikr va mulohazalar, bahs va munozaralar bo'lmoqda. Bu masala yuzasidan asosli fikr bildirish uchun uning zamini, o'ziga xos xususiyatlari, qiyosiy tavsifini o'rganish zarur. Buning uchun avvalo jinoyat protsessining bosqichlarida sud nazoratining mavjudligini etirof etish lozim. Jinoyat sudlov ishlarini yuritish beshta mustaqil, lekin bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda hamda ketma-ketlikda faoliyat ko'rsatadigan bosqichlardan iborat. Bularga: jinoyat ishini qo'zg'atish; dastlabki tergov; jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash va sud muhokamasi; hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish; hukmni ijroga qaratish kiradi. Bu bosqichlarning har biri mustaqilligi, o'ziga yuklatilgan va faqat unga xos bo'lgan vazifalarning belgilanganligi, protsessual hujjatlarining mavjudligi, ishtirokchilarining tayinligi va hoka'zolar bilan tavsiflanadi. Ularning bir-biri bilan uzviy bog'liqligi va ketma-ketligi shundaki, bir bosqich ikkinchi bosqichga xizmat qiladi, bir bosqich yakunlanmasdan turib, ikkinchi bosqich boshlanmaydi, har bir bosqichning yakuniy hujjati ikkinchi bosqich faoliyatining boshlanishiga asos bo'ladi. Masalan, jinoyat ishini qo'zg'atish qarori bo'lmasdan turib dastlabki tergovni olib borish mumkin emas, sud muhokamasini o'tkazmay yakuniy hujjat bo'lmish hukm chiqarilmaydi, hukm ustidan shikoyat yoki protest tushmasa, hukm, ajrim va qarorlarni tekshirish bosqichi boshlanmaydi, yoki hukm kuchga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.15 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.15 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga