Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilgan deb topish Reja: Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirish tushunchasi, mohiyati, ahamiyati va asoslari Kvalifikatsiyaning o'zgartirilishi va uning oqibatlari Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirish tushunchasi, mohiyati, ahamiyati va asoslari Jinoyat qonuni, jinoyat sudlov ishlarini yuritishning moddiy asosi hisoblanib, undagi normalarni qo'llash zarur bo'lganda qo'llamaslik yoki qo'llash kerak bo'lmaganda qo'llashlik, shuningdek, noto'g'ri tahlil qilish odil sudlov akti bo'lgan hukmni bekor bo'lishiga yoki o'zgartirilishiga olib keladi. Bu holatlar faqat ayrim holda emas, balki birgalikda hukmni buzilishiga yoki o'zgarishiga asos bo'lishi mumkin. Masalan, jinoyat qonuni normalarini noto'g'ri qo'llash albatta uni noto'g'ri tahlil qilinishiga olib keladi. Bu jazoning turiga va me'yoriga ta'sir etmasdan qolmaydi. Moddiy qonunni noto'g'ri qo'llash hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari tizimi bilan ham uzviy bog'liq, chunki jinoyat protsessining birinchi bosqichi hisoblangan jinoyat ishini qo'zg'atishda jinoiy hodisa kvalifikatsiya qilinadi. Hodisaning noto'g'ri kvalifikatsiya qilinishi o'z-o'zidan dastlabki tergov materiallarining mazmun mohiyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, chunki bu bosqichning asosiy vazifasi jinoiy hodisani to'la har tomonlama va xolisona isbotlab berishdan iborat. Shuningdek, bu asos sud xulosalarini ishning haqiqiy holatlariga mos kelmasligi to'g'risidagi asos bilan ham uzviy bog'liq, chunki sud haqiqiy holatlarni o'z hukmida to'g'ri ifodalagan bo'lishi mumkin, lekin jinoyat ishi noto'g'ri kvalifikatsiya qilingan bo'lsa, hukmni mazmuniga ta'sir etmay qolmaydi. Shuning uchun ham sud jinoiy hodisaga va qilmishni sodir qilishda ayblanayotgan shaxsga, uning jinoyatdagi ishtirokiga hamda aybining darajasiga umuman olganda, jinoyatning kvalifikatsiyasiga jiddiy etibor berishi kerak. Agar shaxsning ijtimoiy xavfli harakati o'lim jazosi belgilanishi mumkin bo'lgan moddiy qonun normasi bilan noto'g'ri tasniflangan va sud bunga etarli darajada etiborini qaratmagan bo'lsa, qonun talablari buziladi. Amaliyotni o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu borada sud xatolari yo'q emas. Shuning uchun ham birinchi instansiya sudi tomonidan bu masalaga qay darajada etibor berilganligini tekshirish yuqori sud instansiyalariga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Jinoyat qonunini noto'g'ri qo'llash jinoyat protsessining vazifalari bilan ham uzviy bog'liq, chunki jinoyat sudlov ishlarini yuritish vazifalarini xal qilish usullaridan biri bu - jinoyat ishini to'g'ri kvalifikatsiya qilish, toki jinoyat tarkibining barcha alomatlari bilan sodir bo'lgan qilmish o'rtasida mutanosiblik bo'lsin. Jinoyat kodeksi normalari quyidagi hollarda noto'g'ri qo'llanilgan deb etirof etiladi, basharti: 1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilgan bo'lsa; 2) jinoyat tavsifi Jinoyat kodeksining qo'llanilishi kerak bo'lgan moddasi (moddaning qismi, bandi) o'rniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan berilgan bo'lsa; 3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va me'yori tayinlangan bo'lsa. Jinoyatni noto'g'ri tasniflash, - deydi B.A.Kurilov, - dinamik protsess bo'lib, uning salbiy oqibatlari jinoyat protsessining barcha bosqichlariga ta'sir etadi. Jinoyat kodeksining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.8 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.8 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx