Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirish

Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirish

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirish - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirish Reja: Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligi Afv etish bilan amnistiya o'rtasidagi farq Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligini tekshirishning nazariy va amaliy ahamiyati Har qanday holatda ham, jazoni tartibga soladigan jinoyat qonunining noto'g'ri qo'llanilishi yuqori turuvchi sud tomonidan hukmning o'zgartirilishi vositasida tuzatilishi mumkin, lekin bunda o'zgartirilgan hukm bo'yicha tayinlangan jazo dastlab tayinlangan jazodan oshib ketmasligi, shuningdek, birmuncha og'irroq jinoyat to'g'risidagi qonun qo'llanilmasligi kerak va sud jazoni kuchaytirishga, shuningdek, birmuncha og'irroq jinoyat to'g'risidagi qonunni qo'llanishga haqli bo'lmaydi. Amnistiya yoki afv etish hujjatining noto'g'ri talqin qilinishi, qo'llanilishi yoki xatolik bilan qo'llanilishi moddiy tusdagi boshqa huquqiy normalarning buzilishi sababli jinoyat qonunining noto'g'ri qo'llanilishiga misol bo'lishi mumkin. Amnistiya - bu jinoyatni sodir qilgan shaxslarning jazodan to'liq yoki qisman ozod qilinishi yoki ushbu shaxslarga nisbatan sud tomonidan tayinlangan jazoning birmuncha engilroq jazo bilan almashtirilishidir. Amnistiya umumiy (jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilgan barcha shaxslarga tegishli bo'ladi, bunda amnistiya to'g'risidagi hujjatning boshqa shartlariga rioya qilinishi kerak bo'ladi) yoki qisman, yani ayrim shaxslarga tegishli bo'lishi mumkin (afv etish shaklida amalga oshiriladi). Afv etish bilan amnistiya o'rtasidagi farq shundan iboratki, afv etish hujjatlari xar doim individual tusga ega bo'ladi, yani ular har safar bir shaxs yoki bir necha muayyan shaxsga nisbatan qo'llaniladi, amnistiya to'g'risidagi hujjatlar esa normativ tusga ega bo'ladi va amnistiya shartlariga javob beradigan barcha shaxslarga tegishli bo'ladi. Shu o'rinda aytish joizki, jinoyat qonunini noto'g'ri qo'llash yoki noto'g'ri tahlil qilish hukmni bekor bo'lishi yoki o'zgarishiga olib kelishini hisobga olsak moddiy qonundagi ayrim masalalarni takomillashtirish lozim. Masalan, JPKning 533-moddasida hukmni ijro etish asoslari belgilangan, unga ko'ra: Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud bo'lganda kechiktirishi mumkin: 1) mahkum jazoni o'tashiga monelik qiladigan darajada og'ir kasal bo'lib qolganida - u sog'ayguncha; 2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador bo'lib qolsa - bir yildan oshiq bo'lmagan muddatga; 3) mahkumaning yosh bolasi bo'lsa - u uch yoshga to'lgunga qadar; 4) jazoni darhol o'tashni boshlash yong'in yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona azosi og'ir kasal bo'lib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qo'yishi mumkin bo'lsa - uch oydan oshmagan muddatga. Hukmning jarima solish, fuqaroviy davoni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki to'lovlarni bo'lib-bo'lib to'lash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini etiborga olib hal qiladi. O'ta xavfli retsidivistlarga va o'ta og'ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga