Jinoyat oqibatlari va jazoning mutanosibligi Bugungi yuzaga kelgan obyektiv voqelik milliy qadriyatimizga va jahon hamjamiyati e'tirof etgan insonparvarlik tamoyillariga tayangan holda shaxslarning huquq va erkinliklarini huquqiy islohotlarning barcha jabhalarida himoya qilishni taqozo etadi. Insonparvarlik jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonining tarkibiy qismi sifatida unga mutanosib bo'lgan holda u orqali hozirgi kunda jazolash xususiyati bilan ajralib turadigan huquqni qo'llash sohasini erkinlashtirmoqda. Davlatimiz rahbari I.Karimov ta'kidlaganidek, biz hokimiyatning uchinchi tarmog'i - sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat beramiz. Kishilik jamiyatida jinoyatchilikka qarshi kurash doimo axloq-odob qoidalari vositasi bilan bir qatorda turlicha ja'zolarni qo'llash orqali amalga oshirilib kelgan. Barcha davlatlarda va hamma davrlarda jinoyat deb hisoblangan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar ko'lami ham, ular uchun belgilangan jazo choralari ham bir zaylda bo'lgan emas. Insonga jazo uning nafaqat ijtimoiy xavfli harakati uchun, balki undan kelib chiqadigan oqibatlarga qarab belgilanadi. Biror jinoyat oqibatsiz bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan G.Novoselyev o'zining bir maqolasini jinoyat jinoiy oqibatlarsiz bo'lmaydi deb nomlagani bejiz emas. Har bir qilmish xavfli oqibati bor ekan-ki, qonun bilan taqiqlanadi. Ish bo'yicha faqat jinoiy harakat (harakatsizlik) nimadan iborat ekanligini aniqlashning o'zi yetarli emas. Oqibat ham ma'naviy, ham moddiy bo'lishi mumkin. U naqadar salbiy ekanligi jazo tayinlashda muhim o'ringa ega. Umuman olganda, jinoyat oqibatlari to'g'risida ko'p fikrlar bildirilgan. Lekin shunga qaramasdan hanuzgacha o'z yechimini topmagan nazariy va amaliy masalalar ham mavjud. Bular jumlasiga jinoyat oqibatlarini jinoyat tarkibidagi o'rnini belgilashni kiritish mumkin. Ba'zi mualliflar jinoyat oqibatlarini obyektiv tomonga, boshqalar tajovuz obyektining tavsifi sifatida ko'rishadi. Jinoyatning oqibati obyektga qarshi qaratilgan va ayni vaqtda jinoyatning obyektiv tomoni mazmuniga bog'liq. V.N.Kudryavsevning fikricha, jinoiy oqibat, bu qonun bilan qo'riqlanadigan tajovuz obyekti bo'lmish ijtimoiy munosabatlar va ularning ishtirokchilariga harakat (harakatsizlik) bilan jinoiy huquqiy normada belgilangan moddiy va ma'naviy zarar yetkazishdan iborat. Huquqiy adabiyotlarda jinoyatlarning moddiy va rasmiy turlari haqida qarashlar qachon va qay tarzda shakllangani to'g'risida aniq ma'lumotlar yo'q. Lekin, nazarimizda, dastlab har qanday jinoyat moddiy bo'lishi haqida qarashlar mavjud bo'lib, keyin esa ba'zi qilmishlar muayyan moddiy oqibatlarga olib kelmasa-da, ijtimoiy ong va ma'naviyatga putur yetkazishi sababli jinoyat 1956 deb hisoblana boshlagan. Demak, moddiy jinoyatlar tushunchasi - avval, rasmiy deb ataluvchi ma'naviy jinoyatlar tushunchasi - keyinroq shakllangan. Bunga ko'plab asrlar davomida jinoyat qay tarzda yuz bergan, uni kim va qanday vaziyatlarda, nima sababdan va qanaqa maqsadda sodir etganiga oid amaliy kuzatuvlar asos bo'lgan. Jazo belgilashda, avvalo, jinoyat oqibati, ushbu oqibatning kelib chiqish sabablari to'la aniqlanishi, jazoning adolatli bo'lishiga zamin yaratadi. Shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb hisoblash uchun nafaqat ijtimoiy xavfli qilmishning muayyan shaxs ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.42 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.42 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc