Jinoyat protsessi prinsiplari Reja: 1. Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va mohiyati 2. Qonuniylik 3. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi 4. Jinoyat ishlarini hay'atda va yakka tartibda ko'rib chiqish 5. Jinoyat ishini qo'zg'atishning muqarrarligi 6. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirilishi 7. Shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish 8. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish 9. Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko'rilishi 10. Jinoyat ishlari yuritiladigan til 11. Jinoyat ishlarining yuritilishida jamoatchilikning ishtiroki 12. Haqiqatni aniqlash Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va mohiyati Prinsip so'zi lotincha principium so'zidan kelib chiqqan bo'lib, asos, negiz ma'nosini bildiradi. Jinoyat protsessual adabiyotda protsessual prinsiplar haqida turli fikrlar bildirilgan, lekin ular bir-biridan farq qilishiga qaramay, bir masalada o'xshashdir: prinsiplar - jinoyat protsessi amalga oshirilishi uchun asos bo'ladigan umumiy qoidalardir. Jinoyat-protsessual faoliyat faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar va shakllarda amalga oshirilar ekan, mazkur faoliyat asoslanadigan asosiy qoidalar ham qonunda mustahkamlanishi lozim. Demak, asosiy huquqiy qoidalar (umumiy va asos bo'ladigan ahamiyatdagi me'yorlar) jinoyat protsessining prinsiplari hisoblanib, ular jinoyat protsessining barcha bosqichlari, shakllari va institutlarining tuzilishini belgilaydi, shuningdek ularning oldida turgan vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi. Prinsiplar jinoyat protsessining mohiyati va mazmunini ifoda etadi, uning eng muhim xususiyatlari va sifat jihatlarini, protsessual tartibga solish predmeti va usulini tavsiflaydi. Umumiy me'yorlar bo'lmish prinsiplar amaliy faoliyat borasida yuzaga keladigan barcha masalalarning hal etilishini ta'minlaydi. Protsessual huquqda ayrim me'yorlar o'rtasida muammolar yoki ziddiyatlar vujudga kelsa, prinsiplar vujudga kelgan qiyinchiliklarni hal etish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Prinsiplar o'z mohiyatiga ko'ra qat'iy buyruq, hukm yurgizadigan amirona xususiyatga ega bo'lib, ular davlat tomonidan ijrosi ta'minlanadigan, umummajburiy bo'lgan ko'rsatmalardan iboratdir. Prinsiplar mafkuraviy kategoriya sifatida ijtimoiy-siyosiy g'oyalar ta'sirida shakllanadi, lekin protsessual faoliyatni va bu sohada vujudga keladigan huquqiy munosabatlarni g'oyalarning o'zi emas, balki ularga asoslangan prinsip-me'yorlar tartibga soladi. Huquq me'yorlarida mustahkamlanmagan g'oyalar jinoyat protsessining prinsiplari hisoblanmaydi, balki huquqiy ongning asoslari, ilmiy xulosalari bo'lib qoladi. Prinsiplarning me'yorligi ularning muhim sifati bo'lib, u davlat-huquqiy faoliyatning alohida turi bo'lmish jinoyat protsessi tabiatining ajralmas qismidir. Ular fuqarolarga hamda tegishli davlat organlariga qaratilgandir. Protsessni olib boradigan davlat organlari belgilangan prinsiplar asosida ish ko'rishlari kerak hamda ularga amal qilmaslik bilan bog'liq barcha oqibatlar uchun javobgardirlar. O'zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning subyekti sifatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, bir qancha xalqaro huquqiy hujjatlarda inson va fuqaroning umume'tirof etilgan huquqlarini hamda odil sudlov prinsiplarini belgilab qo'ydi. Hamma prinsiplar o'zaro uzviy bog'langan va jinoyat protsessi maqsadlariga erishishda bir xil ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy asoslarning yagona birligini tashkil etadi. Ularning har biri sud muhokamasining shunday bir jihatini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.3 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.3 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc