Jinoyat protsessida himoya huquqi va aybsizlik prezumptsiyasi Reja: 1. Himoyalanish huquqi 2. Himoya huquqi uni amalga oshirishni kafolatlanishi Himoya huquqi subyektlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega, deb belgilangan. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda unga qo'yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo'lishiga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoya huquqi bilan ta'minlash jinoyat protsessida himoya funksiyasidan kelib chiqadi. Jinoyat protsessida himoya huquqini ta'minlash avvalo umuminsoniy qadriyatlarga borib taqaladi. 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiya» sida shaxs huquqlarini himoya qilish, jumladan jinoyat ishlarini yuritishda ham himoya huquqini ta'minlashga oid bir qancha normalar belgilangan. Jumladan, mazkur deklaratsiyaning 8-moddasida Har bir inson, mabodo uning konstitutsiya yoki qonun berib qo'ygan asosiy huquqlari buzilgudek bo'lsa, nufuzli milliy sudlar tomonidan o'z huquqlarini samarali tarzda tiklanish huquqiga egadir, deb belgilangan. Shuningdek, deklaratsiyaning Har bir inson, uning huquq va burchlarini belgilash hamda unga qo'yilgan jinoiy aybning nechog'li asoslanganligini aniqlash uchun, batamom tenglik asosida, o'z ishi oshkora, adolatning barcha talablariga rioya etilib, mustaqil va xolis sud tomonidan ko'rib chiqilish huquqiga egadir, deb qayd etilgan. 10-moddada esa Hech kim insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o'zboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy-joyi daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlariga yoki or-nomusi va shaniga o'zboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana shunday aralashish yoki ana shunday tajovvuzdan qonun yo'li bilan himoya qilinish huquqiga egadir, deb belgilangan. Mustaqillikka erishgach, O'zbekiston umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini etirof etib, ularga amal qilishini bildirdi. Mazkur umuminsoniy qadriyatlar avvalo mamlakatimizning asosiy qonuni bo'lmish Konstitutsiyaning shaxsiy huquq va erkinliklar belgilangan 7-bobida o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir shaxsning ishi sudda, qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi, deyilishi himoya huquqining etarli darajada ta'minlanganligini bildiradi. Konstitutsiyaning 116-moddasida esa, ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatladi deyilgan. Himoya huquqining mohiyatlari to'g'risida olimlar va amaliyot hodimlari tomonidan turlicha fikrlar bildirilgan. Bu haqda huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori, professor G'.Abdumajidov shunday deydi: «Konstitutsiyaning 26-moddasidan joy olgan aybsizlik prezumptsiyasi ham kengroq tushunilishi lozim. Jumladan, musulmon huquqiga ko'ra, inson gunohsiz tug'iladi. Bu aybsiz deyishdan ham kengroq manoni anglatadi. Mazkur moddaga ko'ra, himoya huquqi faqat sudda ayblanayotgan shaxsga berilgan. Konstitutsiyaning 116-moddasiga binoan esa, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.62 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.62 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx