Jinoyat protsessida hukm ajrim va qarorlarining qonuniyligi Reja: Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi asosliligi va adolatliligini tekshirish Apellyatsiya instansiyasi sudi Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi asosliligi va adolatliligini tekshirish tashkiliy tuzilishi jihatidan sudlar bir-biri bilan bo'g'in tushunchasi bilan, bajaradigan funksiyalari jihatidan esa instansiya tushunchasi bilan bog'liq bo'ladi. Sud instansiyasi sud ishlarini hal etish bilan bog'liq u yoki bu funksiyani bajaruvchi (yoki uning tarkibiy tuzilmasi) hisoblanadi. Birinchi instansiya sudi deb mazkur ish bo'yicha asosiy masalalarni mazmunan ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan sudga aytiladi. Jinoyat ishlari bo'yicha birinchi instansiya sudi ayblanuvchi shaxsning jinoyatni sodir etishda aybdor yoki aybdor emasligi va unga jazo tayinlash masalasini xal qiladi. Birinchi instansiya sudi sifatida uch bo'g'inli sudlarning barchasi, shu qatorda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi ham ish ko'radi. Bu sudlarning vakolat doirasi amaldagi qonun bilan aniq belgilangan. Ikkinchi instansiya sudlariga apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish yurituvchi sudlar, uchinchi instansiya sudlariga nazorat tartibida va yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yurituvchi sudlar kiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosati va Plenumi ishlarni faqat nazorat tartibida ko'radi (Sudlar to'g'risidagi Qonunning 18, 24-moddalari). O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayati ishlarni birinchi instansiyada apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko'radi (Sudlar to'g'risidagi Qonunning 25-moddasi). Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi o'z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko'radi (Sudlar to'g'risidagi Qonunning 30-moddasi). Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati ishlarni faqat nazorat tartibida ko'radi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi hayatlari apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish ko'radi (Sudlar to'g'risidagi Qonunning 33-moddasi). O'zbekiston Respublkasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko'ra, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi bois, fuqarolarning hukm, ajrim va qarorlar ustidan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat bildirish huquqi ham ularning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. Apellyatsiya instansiyasi sudi qonuniy kuchga kirmagan hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishga qaratilgan. Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida bunday sudlar sifatida quyi bo'g'in sudlariga kirmaydigan barcha yuqori turuvchi sudlar ish ko'radi. Apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilgan ish kassatsiya tartibida qayta ko'rib chiqilishi mumkin emas. Apellyatsiya instansiyasining ish yuritish mazmuniga kiritilmagan masalalar bundan mustasno, albatta. Kassatsiya instansiya sudi qonuniy kuchga kirgan hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Nazorat va yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash qonuniy kuchga kirgan hukm, ajrim va qarorlarni qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishga qaratilgan. Yuqori turuvchi sud instansiyalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.95 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.95 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx