Jinoyat protsessida sud nazorati funksiyasi va tizimi

Jinoyat protsessida sud nazorati funksiyasi va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat protsessida sud nazorati funksiyasi va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat protsessida sud nazorati funksiyasi va tizimi Reja: Jinoyat protsessida sud nazorati O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin sud tizimida va jinoyat sudlov ishlarini yuritishda jiddiy sud islohotlari o'tkazildi. Sud islohotlaridan kutilayotgan asosiy natija kuchli va mustaqil sud hokimiyatiga erishish, chunki busiz demokratik o'zgarishlarni amalga oshirish mushkul. Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekistondagi huquqiy islohotlarning asosiy maqsadi sudning alohida va mustaqil hokimiyat tarmog'i sifatidagi mavqeini qayta tiklash g'oyasi bo'ldi deganlarida demokratik institut sifatida sud vakolatlarini yanada oshirish va faoliyatini kengaytirish lozimligini nazarda tutadilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining Sud hokimiyati to'g'risidagi 1996 yil 20 dekabrdagi 1-sonli qo'shma qarorida sud hokimiyati tushunchasiga birinchi marta quyidagicha ta'rif berildi. Sud hokimiyati - bu sudlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so'zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo'jalik ishlarini va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rish bo'yicha vakolatidir. Plenum qaroridagi ta'rifga binoan, sud hokimiyati faqat odil sudlovni amalga oshirar ekan, degan xulosa bilan cheklanmaslik kerak. Odil sudlov sud hokimiyati amalga oshiradigan vakolatlar turiga kiradi, xolos. Eng muhimi O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil tarmog'i sifatida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir davlat funksiyasini amalga oshiradi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar deb belgilangan. Shundan kelib chiqib, sud hokimiyatining ahamiyati jihatidan odil sudlovdan farq qilmaydigan vakolatlarini qayd etish mumkin. Bularga: 1) Konstitutsiyaviy nazorat; 2) davlat organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari va hujjatlarining qonuniyligi ustidan nazorat; 3) hukmlar va sudning boshqa aktlari ijrosini ta'minlash; 4) sudlarga taalluqli bo'lgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib hal etish; 5) sud amaliyoti asosida amaldagi qonunchilikka sharh berish; 6) sudlov korpusining tashkil etilishida ishtirok etish; 7) sudning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishi va hokazo. Bu vakolatlar bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda amalga oshirilib, sud hokimiyati tarkibiga kiruvchi organlarning qarorlarini umummajburiyligini ta'minlaydi. Sud hokimiyatining bunday organi sud hisoblanadi. Sud ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlardan o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1) sud maxsus qonunlarga rioya qilingan holda tashkil etiladi va faoliyat yuritadi; 2) sudyalik nomzodiga qo'yilgan talablar hokimiyatning boshqa hech bir mansabdor shaxsiga nisbatan qo'llanilmaydi; 3) sudyalar mustaqil bo'lib, faqat qonunga itoat etadilar; 4) qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat sudning ishiga aralasha olmaydi, sud esa ularning faoliyat mazmuniga ta'sir etishi mumkin. Adabiyotlarda sud hokimiyatining tushunchasi, faoliyati yo'nalishlari va uni amalga oshirish shakli munozarali masala hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar sud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga